“Osh tayyorlash” musobaqasi bo’lib o’tdi.

21.02.2019.  Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Termiz shahar kengashi tizimidagi Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filialida talabalar, boshlangich kasaba uyushma qo’mitasi hamda universitet ma’muriyati tashabbusi bilan “Osh tayyorlash” musobaqasi bo’lib o’tdi.

Talabalar o‘zlarining mahoratlarini ishga solgan holda osh tayyorlashga kirishib ketdilar. Talaba oshpazlar oshni tayyorlab bo‘lgunlaricha “Arqon tortish” hamda “Tosh ko‘tarish” musobaqasi ham bo‘lib o‘tdi.

Жамоа шартномалари долзарб мавзу

2019 йилнинг 14-21 февраль кунлари Давлат муассасалари ва жамоат хизмати ходимлари касаба уюшмаси Термиз шаҳар кенгаши тизимидаги Сурхондарё вилоят Давлат солиқ бошқармаси, “Ипотека банк” АТИБ Сурхондарё вилоят филиали, АТБ “Қишлоққурилиш банк” Сурхондарё минтақавий филиали ва АТБ “Саноат қурилиш банк” Сурхондарё вилоят филиалида жамоа шартномалари якунларига бағишланган  йиғилишлар бўлиб ўтди.