Uzun tumanida “Vazir kubogi” sport musobaqalari bo‘lib o‘tdi

30-aprel kuni Uzun tumanida ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan ayol xodimlar o‘rtasida voleybol bo‘yicha “Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri kubogi” musobaqasining tuman bosqichi o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-iyuldagi PQ-274-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan mazkur tadbir yuqori saviyada tashkil etildi. Sport bahslarida tumandagi maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlaridan jami 52 ta eng kuchli jamoa o‘zaro bellashdi.

Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslar yakuniga ko‘ra quyidagi jamoalar g‘oliblikni qo‘lga kiritdi:

  • 🥇 1-o‘rin: 24-sonli maktab jamoasi;
  • 🥈 2-o‘rin: 27-sonli maktab jamoasi;
  • 🥉 3-o‘rin: 38 va 12-sonli maktab jamoalari.

G‘olib jamoalar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandilar va musobaqaning viloyat bosqichiga yo‘llanma oldilar.

Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuniga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Surxondaryo viloyati Kengashi majlislar zalida 28 aprel – Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni munosabati bilan “Sog‘lom psixologik-ijtimoiy ish muhitini ta’minlaylik” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda Tadbirkorlik, biznes va xizmat ko‘rsatish sohalari xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi o‘rinbosari Shavkat Qodirov, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi apparatining Mehnatni muhofaza qilish bo‘limi mudiri o‘rinbosari Husan Mirsaidov, viloyat hokimligi boshqarmalari va aloqador idora va tashkilotlar vakillari ishtirok etdilar. Shuningdek, tarmoq kasaba uyushmalari Respublika Kengashining viloyat bo‘yicha mas’ul tashkilotchilari, tuman va shahar kengashlari raislari, uch tomonlama komissiya a’zolari, yirik ish beruvchilar hamda mehnatni muhofaza qilish mutaxassislari qatnashdilar.

Davra suhbatini O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Surxondaryo viloyati Kengashi raisi o‘rinbosari Qobiljon Bobolov olib bordi. Tadbirda psixologik-ijtimoiy ish muhitining ahamiyati va xodimlar uchun xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

 

Surxondaryo viloyati FVBda «Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni»ga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi

Joriy yilning 28 aprel kuni O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Surxondaryo viloyat kengashi tizimidagi Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida «28 aprel — Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni» munosabati bilan davra suhbati tashkil etildi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga mamlakatimiz bo‘ylab ushbu sana doirasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar hamda mehnat xavfsizligini ta’minlash borasidagi yangiliklar haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, muloqot davomida xodimlar tomonidan korxona va tashkilotlarda O‘zbekiston Respublikasining «Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi Qonuni talablarining hayotga tadbiq etilishi, xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish va baxtsiz hodisalarning oldini olish yuzasidan berilgan ko‘plab savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javob qaytarildi

“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida “Sog‘lom tanda — sifatli tibbiyot” shiori ostida sport musobaqalarining viloyat bosqichi yuqori saviyada o‘tkazildi

Muzrabot tumani tibbiyot birlashmasi sportda yetakchi deb topildi. “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida “Sog‘lom tanda — sifatli tibbiyot” shiori ostida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kubogi uchun tashkil etilgan sport musobaqalarining viloyat bosqichi yuqori saviyada o‘tkazildi.

Mazkur musobaqalarda Muzrabot tumani tibbiyot birlashmasi jamoasi munosib ishtirok etib, quyidagi natijalarga erishdi:
 1-o‘rin — Muzrabot tumani tibbiyot birlashmasi;
 2-o‘rin — Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi (yoki Tez tibbiy yordam markazi) Surxondaryo filiali;
 3-o‘rin — Sho‘rchi tumani tibbiyot birlashmasi.

Yuqori natijalar evaziga Muzrabot tumani tibbiyot birlashmasi viloyat miqyosida “Eng yaxshi tuman tibbiyot birlashmasi” deb e’tirof etilib, 30 million so‘mlik vaucher bilan taqdirlandi. Shuningdek, 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan voleybolchi ayollar jamoasi viloyat kasaba uyushmalari tomonidan rag‘batlantirilib, joriy yil may oyi boshida Samarqand, Buxoro, Xorazm viloyatlari hamda Zomin tumaniga sayohat yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.

Mazkur yutuqlar tibbiyot xodimlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, jismoniy faollikni oshirish va sportga bo‘lgan qiziqishni yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.

 

“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida sport musobaqasi o‘tkazildi

“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumta’lim muassasalari o‘qituvchilari o‘rtasida “Sog‘lom tanda — sifatli ta’lim” shiori ostida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kubogi uchun sport musobaqasining Uzun tumani bosqichi o‘tkazildi.

“Turon” o‘yingohida tashkil etilgan mazkur musobaqada o‘qituvchilar jamoalari faol ishtirok etib, sportning turli yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zaro kuch sinashdilar. Bellashuvlar do‘stona ruh, sog‘lom raqobat va yuqori kayfiyatda o‘tdi.

Musobaqaning asosiy maqsadi pedagog xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, ularning jismoniy faolligini oshirish hamda jamoalarda hamjihatlikni mustahkamlashdan iborat bo‘ldi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, g‘olib va sovrindor jamoalar munosib taqdirlandi.

RAHBAR VA YOSHLAR UCHRASHUVI BO‘LIB O‘TDI

Joriy yilning 23-aprel kuni O‘zbekiston Tadbirkorlik, biznes va xizmat ko‘rsatish sohalari xodimlari kasaba uyushmasi Surxondaryo viloyati birlashgan qo‘mitasi tasarrufidagi Angor tumani 1-sonli texnikumida rahbarlar va yoshlar o‘rtasida ochiq muloqot tarzidagi uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda Angor tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i, podpolkovnik To‘rayev Rixsitilla Rahmatullayevich hamda texnikumning yoshlar bilan ishlash bo‘yicha direktor o‘rinbosari Sayyora Fayziyeva ishtirok etdi.

Tadbir davomida favqulodda vaziyatlarning oldini olish, yong‘in va texnika xavfsizligi hamda tabiiy ofatlar vaqtida to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha muhim tushunchalar berildi. Shuningdek, yoshlarning fikr va takliflari tinglanib, ularni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob qaytarildi.

Uchrashuv davomida ogohlik, hushyorlik va xavfsizlik qoidalariga rioya qilish muhimligi alohida ta’kidlandi. Mazkur uchrashuv yoshlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

“Sog‘lom tanda — sifatli ta’lim”

Angor tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi, tuman Ta’lim va fan  xodimlari kasaba uyushmasi Angor tuman bo‘linmasi hamda tuman Sport maktabi hamkorligida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida tumandagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining pedagog-o‘qituvchilar va xodimlari o‘rtasida Kasaba uyushmasi kubogi uchun sportning 5 ta turi bo‘yicha xududiy bosqich musobaqalari o‘tkazilmoqda.

 Kasaba uyushmasi kubogi uchun sportning mini futbol, shaxmat, shashka, stol tennisi va voleybol turlari bo‘yicha musobaqalar qizg‘in va murosasiz bellashuvlarga boy bo‘lmoqda.

Bellashuvlar yakunida yakka va jamoaviy bahslarda g‘olib bo‘lganlar musobaqaning viloyat bosqichiga ishtirok etish yo‘llanmalarni qo‘lga kiritishadilar.

«Sog‘lom tanda — sifatli ta’lim» shiori ostida sport musobaqalari o‘tkazildi

2026 yil 14 aprel kuni Surxondaryo viloyatining Uzun tumani 2-sektor hududida «Besh tashabbus olimpiadasi» doirasida «Sog‘lom tanda — sifatli ta’lim» shiori ostida sport musobaqalari o‘tkazildi.

Ushbu tadbirning asosiy tafsilotlari:

  • Maqsad: Ta’lim muassasalari xodimlari va pedagoglar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda ommaviy sportni rivojlantirish.
  • Ishtirokchilar: Musobaqalarda asosan maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tizimidagi o‘qituvchi va xodimlar ishtirok etmoqda.
  • Yo‘nalishlar: «Besh tashabbus olimpiadasi» doirasida ishtirokchilar sportning bir qancha turlari (masalan, voleybol, stol tennisi, shaxmat-shashka va boshqalar) bo‘yicha o‘zaro bellashadilar.
  • Bosqich: Mazkur musobaqalar sektorlar kesimidagi hududiy bosqich hisoblanib, g‘oliblar tuman va keyingi yuqori bosqichlarga yo‘llanma oladilar.
  • Musobaqa g‘oliblari va faol ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishi belgilangan.

“Rahbar va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi

Mamlakatimizda so‘nggi yillarda muhtaram Prezidentimiz tomonidan yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, zamonaviy bilim egallashlari uchun shart-sharoitlar yaratish hamda bandligini ta’minlashga ko‘maklashish bo‘yicha muhim chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Joriy yilning 9 aprel kuni O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Surxondaryo viloyat kengashi tomonidan tarmoq tizimidagi Surxondaryo yuridik texnikumi talabalari ishtirokida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv yoshlar bilan ularni qiziqtirgan masalalar yuzasidan samimiy va ochiq muloqot tarzida tashkil etildi. Tadbir davomida yoshlar tomonidan berilgan savollarga mas’ullar atroflicha javob berishdi.

Tadbir yakunida faol ishtirok etgan yoshlarga tashkilotchilar tomonidan kitoblar sovg‘a qilindi.