“Sog’lomjon-polvonjon” ko’rik tanlovini o’tkazishdi

2015 yil 2 iyun kuni soat 9-00 da Angor tuman xokimligi, ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi kengashi va tuman xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo’limi hamkorlikda “Sog’lomjon-polvonjon” ko’rik tanlovini o’tkazishdi. Ko’rik tanlovda maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari qatnashishdi. Tanlovda 5-maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilari g’olib bo’ldi. Tanlov yakunida g’olib bo’lgan jamoalarga kasaba uyushma kengashining sovg’alari topshirildi.

Print Friendly, PDF & Email