“Surxon Arena”da xotira turniri g‘oliblari aniqlandi

“Surxon Arena” sport majmuasida kasaba uyushmalari mehnat faxriysi Musurmonqul Onorov xotirasiga bag‘ishlangan futbol bo‘yicha turnir yakuniga yetdi. Musobaqada viloyatdagi 6 ta oliy ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchilari hamda talabalari g‘oliblik uchun o‘zaro kurash olib bordilar.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra sovrinli o‘rinlar quyidagicha taqsimlandi:

  • 1-o‘rin: Termiz davlat universiteti jamoasi;
  • 2-o‘rin: Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti jamoasi;
  • 3-o‘rin: Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali jamoasi.

G‘olib va sovrindorlarga O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Surxondaryo viloyati Kengashining I, II va III darajali diplomlari, medallari hamda pul mukofotlari topshirildi.

Shuningdek, turnir davomida alohida mahorat ko‘rsatgan ishtirokchilar nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlandilar:

  • “Eng yaxshi darvozabon” – G‘ayrat Doniyorov (Termiz davlat universiteti);
  • “Eng yaxshi o‘yinchi” – Bobur Mamarajapov (Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti jamoasi sardori).

Tashkilotchilar tomonidan barcha nominatsiya g‘oliblariga maxsus sovg‘alar topshirildi.

Angorda “O‘yinga asoslangan ta’lim” festivali g‘oliblari aniqlandi

Angor tumanidagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari (DMTT) pedagoglari o‘rtasida o‘tkazilgan “O‘yinga asoslangan ta’lim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik o‘yinlar festivali” o‘z yakuniga yetdi.
Mazkur tadbir bolalarni har tomonlama rivojlantirish, ta’lim jarayoniga innovatsion yondashuvlarni tatbiq etish va o‘zaro tajriba almashish maqsadida tashkil etildi.
Festivalning asosiy yo‘nalishlari:
Festival davomida pedagoglar jamoalari tomonidan bolalarning yoshi va psixologik xususiyatlariga mos, xavfsiz hamda qiziqarli didaktik o‘yinlar namoyish etildi. Taqdim etilgan ijodiy ishlarda quyidagi jihatlarga alohida e’tibor qaratildi:
  • “Ilk qadam” milliy o‘quv dasturi asosida didaktik materiallar yaratish;
  • O‘yinga asoslangan ta’lim metodikalarini samarali qo‘llash;
  • Pedagogik innovatsiyalarni amaliyotga joriy etish.
Hakamlar hay’ati ishtirokchilarning mahoratini atroflicha o‘rganib chiqib, yakuniy natijalarni e’lon qildi:
🏆 G‘oliblar ro‘yxati:
  • 1-o‘rin: 5-sonli DMTT jamoasi;
  • 2-o‘rin: 11-sonli DMTT jamoasi;
  • 3-o‘rin: 2-sonli DMTT jamoasi.
Festival yakunida barcha faol va ijodkor jamoalar munosib baholanib, g‘olib va sovrindorlar tantanali ravishda taqdirlandilar. Ushbu kabi tadbirlar maktabgacha ta’lim sifatini yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi.