Inson aziz, xotira muqaddas: Angorda faxriylar holidan xabar olindi

9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Angor tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hamda Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi bo‘linmasi hamkorligida xayriya tadbiri o‘tkazildi. Tadbir doirasida Afg‘on urushi ishtirokchilari va ko‘p yillik samarali mehnat qilgan faxriy ustozlar xonadoniga tashrif buyurilib, ularning holidan xabar olindi.

Bu kabi uchrashuvlar yosh avlod qalbida ustozlarga bo‘lgan hurmatni mustahkamlash barobarida, milliy qadriyatlarimizni e’zozlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, ustozlarga ehtirom ko‘rsatish – xalqimizga xos eng oliy fazilatlardan biridir.

Xayrli tadbir

Joriy yilning 7 may kuni O‘zbekiston Tadbirkorlik, biznes va xizmat ko‘rsatish sohalari xodimlari kasaba uyushmasi Surxondaryo viloyati birlashgan qo‘mitasi hamda Termiz tumani Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi bo‘linmasi hamkorligida xayrli tadbir tashkil etildi.

«9 may – Xotira va qadrlash kuni» bayrami munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi suvereniteti va mustaqilligini himoya qilishda xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchi — Termiz tumani «Chegara» mahallasida yashagan Turg‘un Erkinovich Jo‘raevning xonadoniga tashrif buyurildi.

Uchrashuv davomida marhumning oila a’zolari holidan xabar olinib, ularga bayram munosabati bilan esdalik sovg‘alari topshirildi.