Xayrli tadbir
Joriy yilning 7 may kuni O‘zbekiston Tadbirkorlik, biznes va xizmat ko‘rsatish sohalari xodimlari kasaba uyushmasi Surxondaryo viloyati birlashgan qo‘mitasi hamda Termiz tumani Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi bo‘linmasi hamkorligida xayrli tadbir tashkil etildi.
«9 may – Xotira va qadrlash kuni» bayrami munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi suvereniteti va mustaqilligini himoya qilishda xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchi — Termiz tumani «Chegara» mahallasida yashagan Turg‘un Erkinovich Jo‘raevning xonadoniga tashrif buyurildi.
Uchrashuv davomida marhumning oila a’zolari holidan xabar olinib, ularga bayram munosabati bilan esdalik sovg‘alari topshirildi.