Termizda Musurmonqul Onorov xotirasiga bag‘ishlangan futbol turniri bo‘lib o‘tdi

9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Surxon” sport majmuasida futbol bo‘yicha xotira turniri tashkil etildi. Musobaqa O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Surxondaryo viloyati Kengashida ko‘p yillar xizmat qilgan marhum Musurmonqul Onorov yodiga bag‘ishlandi. Tadbir do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlash yo‘lida futbol ixlosmandlarini birlashtirdi.

E’zoz va ehtirom: «Termiz daryo porti» xodimlari faxriylar holidan xabar oldilar

9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Termiz daryo porti MChJ jamoasi an’anaviy xayriya tadbirini o‘tkazdi. Korxona rahbariyati va xodimlari ko‘p yillar davomida ushbu sohada samarali mehnat qilgan faxriylarning xonadonlariga tashrif buyurib, ularni bayram bilan muborakbod etdilar.

Suhbat davomida nuroniylarning boy hayotiy tajribasi, port rivojiga qo‘shgan hissasi yodga olindi. Faxriylarga korxona nomidan minnatdorchilik bildirilib, bayram sovg‘alari topshirildi. Bu kabi tadbirlar yosh avlodni keksalarni qadrlash va soha an’analariga sodiqlik ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Surxondaryoda “Eng namunali maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori” tanlovining tuman bosqichlari boshlandi

Surxondaryo viloyatida maktabgacha ta’lim tizimi rahbarlari o‘rtasida an’anaviy “Eng namunali maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori” ko‘rik-tanlovining tuman va shahar bosqichlariga start berildi.

Tanlovning Angor tuman bosqichi hududdagi 11-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida ko‘tarinki ruhda o‘tkazilmoqda. Tadbirning ochilish marosimida viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Jasur Mirzaqulov ishtirok etdi.

  1. Mirzaqulov o‘z nutqida ishtirokchilarga muvaffaqiyat tilab, ushbu tanlovning tizim rivojidagi o‘rniga alohida to‘xtalib o‘tdi. Ta’kidlanganidek, mazkur ko‘rik-tanlov:
  • Maktabgacha ta’lim tizimida samarali boshqaruvni joriy etish;
  • Rahbar kadrlarning kasbiy kompetensiyalarini doimiy oshirib borish;
  • Ilg‘or va zamonaviy ish tajribalarini ommalashtirishga xizmat qiladi.

Hozirda tuman bosqichi doirasida direktorlar o‘z mahoratlarini namoyish etmoqdalar. G‘oliblar viloyat bosqichida ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritadilar.

Шерободда 9 май — Хотира ва қадрлаш кунига бағишланган тадбир ўтказилди

2026 йил 6 май куни Ўзбекистон таълим ва фан ходимлари касаба уюшмаси Шеробод туман бўлинмаси томонидан 9 май — Хотира ва қадрлаш куни муносабати билан байрам тадбири ташкил этилди. Унда бир гуруҳ байналмилалчи жангчилар ҳамда меҳнат фахрийлари иштирок этди.

Тадбирда Ўзбекистон таълим ва фан ходимлари касаба уюшмасининг Сурхондарё вилояти бўйича масъул ташкилотчиси Б.Н.Холяров қатнашиб, йиғилганларни айём билан қутлади. Тадбир якунида фахрийларга касаба уюшмасининг эсдалик совғалари топширилди.