Surxondaryoda “Eng namunali maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori” tanlovining tuman bosqichlari boshlandi
Surxondaryo viloyatida maktabgacha ta’lim tizimi rahbarlari o‘rtasida an’anaviy “Eng namunali maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori” ko‘rik-tanlovining tuman va shahar bosqichlariga start berildi.
Tanlovning Angor tuman bosqichi hududdagi 11-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida ko‘tarinki ruhda o‘tkazilmoqda. Tadbirning ochilish marosimida viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Jasur Mirzaqulov ishtirok etdi.
- Mirzaqulov o‘z nutqida ishtirokchilarga muvaffaqiyat tilab, ushbu tanlovning tizim rivojidagi o‘rniga alohida to‘xtalib o‘tdi. Ta’kidlanganidek, mazkur ko‘rik-tanlov:
- Maktabgacha ta’lim tizimida samarali boshqaruvni joriy etish;
- Rahbar kadrlarning kasbiy kompetensiyalarini doimiy oshirib borish;
- Ilg‘or va zamonaviy ish tajribalarini ommalashtirishga xizmat qiladi.
Hozirda tuman bosqichi doirasida direktorlar o‘z mahoratlarini namoyish etmoqdalar. G‘oliblar viloyat bosqichida ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritadilar.