“Surxon Arena”da xotira turniri g‘oliblari aniqlandi
“Surxon Arena” sport majmuasida kasaba uyushmalari mehnat faxriysi Musurmonqul Onorov xotirasiga bag‘ishlangan futbol bo‘yicha turnir yakuniga yetdi. Musobaqada viloyatdagi 6 ta oliy ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchilari hamda talabalari g‘oliblik uchun o‘zaro kurash olib bordilar.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra sovrinli o‘rinlar quyidagicha taqsimlandi:
- 1-o‘rin: Termiz davlat universiteti jamoasi;
- 2-o‘rin: Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti jamoasi;
- 3-o‘rin: Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali jamoasi.
G‘olib va sovrindorlarga O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Surxondaryo viloyati Kengashining I, II va III darajali diplomlari, medallari hamda pul mukofotlari topshirildi.
Shuningdek, turnir davomida alohida mahorat ko‘rsatgan ishtirokchilar nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlandilar:
- “Eng yaxshi darvozabon” – G‘ayrat Doniyorov (Termiz davlat universiteti);
- “Eng yaxshi o‘yinchi” – Bobur Mamarajapov (Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti jamoasi sardori).
Tashkilotchilar tomonidan barcha nominatsiya g‘oliblariga maxsus sovg‘alar topshirildi.
