Yurt fidoyilari hamisha e’zozda
9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Angor tumani hokimi Qosim Mardonov hamda mutasaddilar Buxoro viloyatida sodir bo‘lgan portlash oqibatida halok bo‘lgan harbiy xizmatchi Xushboq Choriyevning xonadonida bo‘ldi.
Tashrif davomida harbiy xizmatchining oila a’zolaridan hol-ahvol so‘raldi. Samimiy muloqot chog‘ida yurt tinchligi va xalq osoyishtaligi yo‘lida xizmat qilgan insonlarning jasorati hamda fidoyiligi hamisha yuksak qadrlanishi, ularning hayot yo‘li yosh avlod uchun ibrat namunasi ekani ta’kidlandi.
Shuningdek, Vatan manfaatlari yo‘lida xizmat qilgan insonlar xotirasini e’zozlash va ularning oilalariga doimiy e’tibor qaratish barchaning muhim vazifasi ekani qayd etildi.
