“Salomatlik” spartakiadasi

Surxondaryo viloyat davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi kengashi tizimidagi tashkilot, korxona va muassasalarda faoliyat yuritayotgan xodimlarni sog’lomlashtirish maqsadida ?2012 yil – Mustahkam oila yili? Davlat dasturiga bag’ishlangan ?Taqdirimsan, baxtimsan, erkin va obod Vatan? shiori ostida Mamlakatimiz Mustaqillik bayrami arafasida ?Salomatlik? spartakiadasi 2012 yil 10-11 avgust kunlari Uzun tumanidagi ?X.Qulniyozov? nomli bolalar oromgohida tashkil etildi. Spartakiadada kasaba uyushmasi a?zolari o’rtasida mini futbol, shohmot, shashka, stol tennisi, darts, tosh ko’tarish va arqon tortish bo’yicha sport musobaqalari o’tkazildi.
?Salomatlik? spartakiadasida jami 169 nafar tarmoq tizimida mehnat qilayotgan kasaba uyushma a?zolari ishtirok etishdi.
Musobaqalar ko’tarinki ruhda o’tkazilganligi uchun ishtirokchilarida yaxshi taasurot qoldirdi.
O’zlarining chaqqonligi, zukkokligi, musobaqaga yaxshi tayyorgarlik ko’rganliklari bilan mezbon jamoasi, ya?ni Uzun tumani musobaqa qatnashchilari orasida ajralib turdi.
Viloyat ?Salomatlik? spartakiadasining qiziqarli o’tishida Uzun tuman xokimligi, viloyat va tuman davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi kengashlari, jismoniy tarbiya va sport jamiyati kengashi va ?X.Qulniyozov? nomli bolalar oromgohi ma?muriyatining xizmatlari beqiyos bo’ldi.
Umumjamoa xisobida 1-o’rinni Uzun tumani, 2-o’rinni Qumqo’rg’on tumani va 3-o’rinni Sariosiyo tumani egallashdi.
Musobaqa so’ngida g’olib, sovrindorlar va barcha ishtirokchilar tashkiliy qo’mitaning diplomlari hamda qimmatbaxo sovg’alari bilan taqdirlandi.

Print Friendly, PDF & Email