Qumqo’rg’on tumanida o’tkazilgan o’quv seminar

Qumqo?rg?on tuman kengashlari, boshlang?ich tashkilotlarning Ustav bo?yicha faoliyatlari namunali tarzda olib borilishini tashkil etish to?g?risida 2012 yil 10 avgust kuni o?quv-seminar o?tkazildi
O?quv-seminarni viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi raisi A.Axmedov ochib, bugungi kunda kasaba uyushmalari faoliyatida amalga oshirilayotgan o?zgarishlar, islohotlar, bajarilayotgan ijobiy ishlar to?g?risida gapirib o?tdi.
Kuni-kecha o?tkazilgan O?zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi majlisida T.Narbayeva tomonidan o?qilgan ma?ruza to?g?risida seminar ishtirokchilariga so?zlab berdi. Ma?ruzada ko?rsatib o?tilgan kasaba uyushmalari tomonidan amalga oshirilayotgan turli ishlar va oldida turgan vazifalar hamda ustuvor yo?nalishlar seminar ishtirokchilariga etkazildi.
Kun tartibidagi ?Tuman kengashlari, boshlang?ich tashkilotlarning Ustav bo?yicha faoliyatlari namunali tarzda olib borilishini tashkil etish va ularda ishni rejalashtirish, xujjatlar bilan ishlash, yuqori tashkilotlardan tushayotgan me?yoriy xujjatlar monitoringini olib borish, kasaba uyushmasiga a?zolik afzalliklarini asoslash omillari to?g?risida?gi masala yuzasidan viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi tashkiliy ishlar bo?limi mudiri B.Muhammadiyev, ?Mehnat qonunchiligi va Mehnat kodeksi hamda O?zbekiston Respublikasining ?Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to?g?risida? va ?Fuqarolarning murojaatlari to?g?risida?gi qonunlari haqida?gi masala yuzasidan viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi yuridik bo?limi mudiri Z.Xolov, ?Jamoa shartnomalari va kelishuvlarni tuzish, ularni ekspertizadan o?tkazish hamda ularning bajarilishiga erishilishini nazorat qilish to?g?risida?gi masala yuzasidan viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi mehnatkashlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish bo?limi mudiri M.Anorboyev, ?Xodimlarga sog?lom va xavfsiz mehnat sharoitlari yaratilishi va mehnat muhofazasi to?g?risidagi xujjatlarga rioya etilishi ustidan jamoat nazoratini amalga oshirishda kasaba uyushmalarining faoliyatini takomillashtirish va samaradorligini oshirish haqida?gi masala yuzasidan viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi mehnatni muhofaza qilish bo?limi yetakchi mutaxassisi D.Shukurov, ?Kasaba uyushma a?zolarini bo?sh vaqtlarini sermazmun o?tkazish, mehnat jamoalarida sportning ommaviyligini oshirish va madaniy-ma?rifiy ishlar to?g?risida?gi masala yuzasidan viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi madaniy-ma?rifiy va sport ishlari bo?limi mutaxassisi M.Mirzayev, ?O?zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi Majlisining 2011 yil 27 apreldagi 3-2 sonli ?Kasaba uyushma byudjeti mablag?laridan maqsadli va samarali foydalanishni tashkil etish to?g?risida?gi qarorining joylardagi ijrosi haqida?gi masala yuzasidan viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi bosh taftishchisi R.Xolmatovlar ma?ruza qilishdi.
Yig?ilish yakunida savol-javoblar, takliflar, muzokaralar va ilg?or tajribalarni o?rtoqlashish uchun vaqt ajratildi.
Seminar ishtirokchilari tomonidan berilgan savollarga viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi yuridik bo?limi mudiri Z.Xolov hamda bosh taftishchisi R.Xolmatovlar javob berishdi.
Qumqo?rg?on tuman tibbiyot birlashmasi kasaba uyushma qo?mitasi raisi A.Cho?lliboyev, Boysun tuman ta?lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi raisi F.Xamdamovlar o?quv-seminar ishi bo?yicha o?z fikr-mulohazalarini bildirishdi.
Viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi raisi A.Axmedov so?z olib seminardan olingan ta?surotlar va oldimizda turgan dolzarb vazifalar to?g?risida gapirib o?tdi.
O?qilgan ma?ruzalar, savol-javoblar va fikr-mulohazalardan kelib chiqib o?quv seminari tegishli qaror qildi.
Seminar ishida Qumqo?rg?on tumanidagi barcha tarmoq kasaba uyushma organlari rahbarlari, boshlang?ich kasaba uyushma tashkilot raislari, barcha viloyat, shaxar, tuman tarmoq kasaba uyushma organlari rahbarlari, tuman xokimligi vakillaridan jami 250 nafar ishtirokchi qatnashdi.

Print Friendly, PDF & Email