“Navoiyxonlik” tadbiri yuqori saviyada o‘tkazildi

Tadbirkorlik, biznes va xizmat ko‘rsatish sohalari xodimlari kasaba uyushmasi Surxondaryo viloyat Birlashgan qo‘mitasi tizimida Аngor tuman 1-son texnikumida 9-fevral kuni buyuk mutafakkir, so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy tavallud topgan kun munosabati bilan “Navoiyxonlik” tadbiri yuqori saviyada o‘tkazildi.

      Tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan Navoiy g‘azallari, ruboiylari va hikmatli so‘zlari mahorat bilan yod olindi hamda ifodali tarzda ijro etildi. Sahna ko‘rinishlari orqali bobokalonimizning hayoti va ijod yo‘li yoritib berildi.

SPORTNING SUZISh TURI BO‘YIChA SARALASh MUSOBAQALARI BO‘LIB O‘TDI

Kungi kecha Termiz olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayorlash markazi yopiq suzish havzasida  sportning suzish turi bo‘yicha o‘smirlar U-13 (2012-2013 yil)da tug‘ilgan sportchilar o‘rtasida viloyat chempionati musobaqasi o‘tkazildi.

Musobaqada O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Surxondaryo viloyat Kengashi hamda viloyat suzish Federatsiyasi raisi  A.Axmedov ishtirok etib, ishtirokchilarga omad tiladi.

Musobaqa suzishning erkin suzish, chalqancha, brass va batterfley usullarida 200, 400 metr va 4×100 metr erkin usulda masofada estafeta yo‘nalishlarida tashkil etildi.

Murosasiz kurashlarga boy o‘tgan musobaqa yakunlariga ko‘ra suzishning har bir tur bo‘yicha g‘oliblar aniqlanib tashkilotchilarning diplom va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Termiz Hayvonot bog‘i jamoasining umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 4 fevral kuni Termiz Hayvonot bog‘i jamoasining umumiy yig‘ilishida 2023-2025 yillarga mo‘ljallab tuzilgan jamoa shartnomasining 2025 yil yakuni ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilishda ish beruvchi hamda boshlang‘ich kasaba uyushmasi raisining  jamoa shartnomasi bajarilishi bo‘yicha hisobotlari tinglandi.

Tadbir davomida 2026-2028 yillar uchun mo‘ljallangan yangi jamoa shartnomasi qabul kilindi.

Yig‘ilishda Madaniyat, sport va turizm xodimlari kasaba uyushmasi Surxondaryo viloyati birlashgan qo‘mitasi raisi A.Bo‘riev ishtirok etib, jamoa shartnomasi orqali xodimlarga ko‘rsatiladigan  ijtimoiy kafolatlar va qo‘shimcha imtiyozlar to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdi.

Seminar o‘tkazildi…

Surxondaryo viloyati kasaba uyushma qoʻmitasi a’zolari tomonidan Qiziriq tumani 16-maktabda seminar o‘tkazildi. Tadbirda pedagoglar va texnik xodimlar ishtirok etib, ta’lim sohasidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Seminar davomida ishtirokchilar kasaba uyushmalarining ahamiyati, xodimlarning huquqlari va ijtimoiy himoya masalalari haqida fikr almashdilar. Ta’lim sifatini oshirish, xodimlarning professional o‘sishini qo‘llab-quvvatlash va kasaba uyushmalarining faoliyatini yanada samarali tashkil etish yo‘nalishida bir qator takliflar bildirildi.

Kasaba uyushma qoʻmitasi a’zolari o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashib, xodimlarning huquqlarini himoya qilish va ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish zarurligini ta’kidladilar.

«Yilning eng faol tuman kengashi» sarlavhali maqola o‘quvchilar e’tiboriga havola etildi

Boysun gazetasining 2026 yil 28 yanvar kuni chop etilgan №2 (6464) soni, 1-sahifasida O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Surxondaryo viloyat Kengashi raisi Nodira Ximmatovaning «Yilning eng faol tuman kengashi» sarlavhali maqolasi o‘quvchilar e’tiboriga havola etildi.

Mazkur maqolada tuman Kengashi raisi O‘rol Murodov rahbarligida o‘tgan yil mobaynida amalga oshirilgan tizimli ishlar, mehnat jamoalari manfaatlarini himoya qilish borasidagi tashabbuslar hamda qo‘lga kiritilgan amaliy natijalar atroflicha yoritilgan. Shuningdek, tuman Kengashining faoliyati samaradorligi, jamoatchilik orasidagi nufuzi va «yilning eng faol tuman kengashi» sifatida e’tirof etilgani asosli dalillar bilan ko‘rsatib berilgan.

Amaliy yordam ko‘rsatildi

2026 yilning 20-22 yanvar kunlari O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Denov tumani kengashi va Oltinsoy tumani kengashlari tomonidan tomonidan tarmoq tizimidagi Mahallalar uyushmasi Denov tuman bo‘limi boshlang‘ich kasaba uyushmasiga hamda Oltinsoy tumani kengashi tomonidan tarmoq tizimidagi Oltinsoy tumani iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlang‘ich kasaba uyushmasiga amaliy yordam ko‘rsatildi.

Milliy armiya — Ona yurt qalqoni, tinchligimiz posboni!

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 34 yilligi hamda 14-yanvar “Vatan himoyachilari kuni”ga bag‘ishlangan bayram munosabati bilan O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Surxondaryo viloyat kengashi tizimidagi Sherobod tumani hokimligi tomonidan tuman Madaniyat markazida “Milliy armiya — Ona yurt qalqoni, tinchligimiz posboni!” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Bayram tadbiri davomida o‘quvchi yoshlar tomonidan tayyorlangan ko‘rgazmali chiqishlar hamda madaniy dasturlar ishtirokchilarga bayramona kayfiyat ulashdi.

Tadbir yakunida tumanda mamlakatimiz tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash yo‘lida fidokorona mehnat qilib kelayotgan bir guruh faol ta’lim muassasalarining chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik rahbarlariga tuman Mudofaa ishlari bo‘limi tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.