“San`atim senga obod yurtim” ko`rik-tanlovining viloyat bosqichi

Mehnatkashlarning bo`sh vaqtlarini sermazmun tashkil etish, ular o`rtasida badiiy havaskorlikni, milliy qadriyatlarimizga bo`lgan munosabatlarni rivojlantirish, yurt obodligi va farovonligini, istiqlolimizga shukronalik to`yg`ularini madh etuvchi iqtidorlarni ko`llab-quvvatlash va rag`batlantirish, havaskor san`atkorlarning ijodini keng targ`ib etish, “Obod turmush yili” dasturida belgilangan tadbirlarni amalga oshirish maqsadida joriy yilning 29 may kuni viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi katta majlislar zalida “San`atim senga obod yurtim” badiiy havaskorlik ijodiyoti bo`yicha ko`rik-tanlovining viloyat bosqichi yuqori saviyada o`tkazildi.

“Xotira -abadiy, jasorat – mangu” aksiyasi

El-yurtning tinchligi, erki va ozodligi uchun kurashgan insonlarni xotirlash, Vatanimiz istiqlolini, turmushimiz obodligini, xalqimizning osoyishtaligini, farovon hayotini mardlik va shijoat bilan himoya qilgan, mustaqilligimizni mustahkamlashga, mamlakatimiz obro?-e?tiborini yuksaltirishga hissa qo?shib kelayotgan urush va mehnat fahriylariga g?amxo?rlik va hurmat-ehtirom ko?rsatish, 9 may – Xotira va qadrlash kuni umumxalq bayramini nishonlashda kasaba uyushmalarining faol ishtirokini ta?minlash hamda O?zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi Rayosatining 2013 yil 29 apreldagi 11-23″o” sonli va shu qaror asosida qabul qilingan Surxondaryo viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi rayosatining 2013 yil 2 maydagi R-14/11s sonli qarorlarining ijrosini ta?minlash maqsadida viloyatda “Xotira -abadiy, jasorat – mangu” aksiyasi o?tkazildi.
O?zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi tomonidan viloyatdagi 297 nafar ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga 59400000 so?m mablag? ajratildi. Viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi mas?ul xodimlari hamda O?zbekiston tarmoq kasaba uyushmalari Markaziy kengashlarining mas?ul tashkilotchilaridan iborat ishchi guruhi tomonidan ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining har biriga 200000 so?mdan manzilli moddiy yordam yetkazildi.

Surxondaryo viloyat xokimligi, viloyatdagi korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlarining viloyat kasaba uyushmalari faollari bilan ?Mehnat sohasidagi muhim ahamiyatga molik masalalar? mavzusida o?tkazilgan Davra suxbati

Yig`ilishda viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi apparati xodimlari, tarmoq kasaba uyushmalari Markaziy kengashlarning mas`ul tashkilotchilari, shahar, tuman tarmoq kasaba uyushmalari kengashlari hamda asosiy ishidan ozod etilgan va yirik korxonalar kasaba uyushma qo`mitalari raislari, faollari qatnashishdi.
Yig`ilishga viloyat xokimining o`rinbosari, viloyat boshqarmalari, birlashmalari va muassasalari rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari taklif etildi.
Davra suhbatini viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi raisi A.Axmedov ochib, bugungi kunda respublikada, ayniqsa bizning viloyatimizda amalga oshirilayotgan ulkan ishlar, ayniqsa, yangi ish o`rinlari yaratish maqsadida qurilayotgan loyihalar, hukumatimiz tomonidan xalq farovonligi yo`lida olib borilayotgan ishlar haqida gapirib o`tdi.

Nogironlarga mehr-sahovat yordami.

3-dekabr ?Xalqaro nogironlar kuni? munosabati bilan ijtimoiy ximoyaga muxtoj fuqarolarni har tomonlama qo?llab-quvvatlash maqsadida O?zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Markaziy kengashi, Surxondaryo viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi va viloyat tarmok kasaba uyushmasi kengashi xamkorligida 2012 yil 3 dekabr kuni Denov va Sariosiyo tumanlaridagi ?Erkaklar? va ?Farxod? ayollar muruvvat uylaridagi nogironlarga ?3 dekabr – Nogironlar kuni? munosabati bilan xayriya yordamlari kursatildi.
Denov tumanidagi ?Erkaklar? muruvvat uyidagi nogironlarga 1.699.500 sumlik 100 dona, Sariosiyo tumanida joylashgan ?Farxod? ayollar muruvvat uyida 4.300.500 sumlik 100 dona kishki kiyim va bosh kiyimlar tarkatib berildi.

Surxondaryo viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi ?O?zbekiston ijtimoiy ma?suliyatli fuqarolari forumi? Surxondaryo viloyati ?Ijtimoiy ko?llab-kuvvatlash Axborot markazi?ning xisobot tadbiriga homiylik qildi.

2012 yil 17 noyabr kuni Termiz shahrida ?O?zbekiston ijtimoiy ma?suliyatli fuqarolari forumi? Surxondaryo viloyati ?Ijtimoiy ko?llab-kuvvatlash Axborot markazi?ning hisobot tadbiri bo?lib o?tdi.
Tadbir viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlar birlashmasi, O?zbekiston Savdo-sanoat palatasi viloyat hududiy boshqarmasi, viloyat ?Mahalla? xayriya jamg?armasi viloyat kengashi hamkorligida tashkil etildi.

Kasaba uyushmalari paxta dalalarida.

2012 yil paxta mavsumini uyushqoqlik bilan tashkil etish, paxta hosilini sifatli tarzda, o’z muddatida yig’ib-terib olinishiga jalb etilgan terimchilarga kerakli sharoitlarni yaratish, sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta?minlanishini nazorat qilish, dam olish vaqtida turli madaniy-ma?rifiy tadbirlarni tashkil etish, mehnatini munosib rag?batlantirib borishda kasaba uyushma tashkilotlarining faol ishtirokini ta?minlash maqsadida O?zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining 2012 yil 13-avgustdagi ?2012 yilgi paxta yig?im terimida kasaba uyushmalarining ishtiroki to?g?risida?gi ?8-15o-sonli qaroriga asosan viloyat sog?liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi kengashi Muzrabot tuman fermer xo?jaliklarida paxta yig?im terimida faol ishtirok etayotgan Uzun, Oltinsoy tuman tibbiyot birlashmalari va viloyat tibbiyot muassasalari xodimlaridan 62 nafariga esdalik sovg?alari tarqatib, terimchilarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
Shuningdek boshlang?ich tashkilotlar Sariosiyo, Denov, Qumqo?rg?on, Muzrabot, Qiziriq tuman tibbiyot birlashmalari kasaba uyushma qo?mitalari tomonidan 467 nafar terimchilarga oziq-ovqat, xo?jalik mollari, kiyim kechaklar sovg?a tariqasida tarqatildi.

“Xech kim mehr e’tibordan chetda qolmasin”

O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 21 yilligi munosabati bilan “Xech kim mehr e’tiboridan chetda qolmasin” shiori ostida O’zbekiston sog’liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Markaziy kengashi va viloyat sog’liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi kengashi tomonidan Boysun va Qumqo’rg’on tumanlarida 100 nafar kam ta’minlangan oilalar vakillariga o’quv qurollari va Sherobod tuman tibbiyot birlashmasi va viloyat endokrinologiya, viloyat sil kasalliklari dispanseri, viloyat ko’p tarmoqli tibbiyot markazi xodimlariga farzandlari uchun 100 dona maktab sumkalari tarqatildi.

Qumqo’rg’on tumanida o’tkazilgan o’quv seminar

Qumqo?rg?on tuman kengashlari, boshlang?ich tashkilotlarning Ustav bo?yicha faoliyatlari namunali tarzda olib borilishini tashkil etish to?g?risida 2012 yil 10 avgust kuni o?quv-seminar o?tkazildi
O?quv-seminarni viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi raisi A.Axmedov ochib, bugungi kunda kasaba uyushmalari faoliyatida amalga oshirilayotgan o?zgarishlar, islohotlar, bajarilayotgan ijobiy ishlar to?g?risida gapirib o?tdi.
Kuni-kecha o?tkazilgan O?zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi majlisida T.Narbayeva tomonidan o?qilgan ma?ruza to?g?risida seminar ishtirokchilariga so?zlab berdi. Ma?ruzada ko?rsatib o?tilgan kasaba uyushmalari tomonidan amalga oshirilayotgan turli ishlar va oldida turgan vazifalar hamda ustuvor yo?nalishlar seminar ishtirokchilariga etkazildi.
Kun tartibidagi ?Tuman kengashlari, boshlang?ich tashkilotlarning Ustav bo?yicha faoliyatlari namunali tarzda olib borilishini tashkil etish va ularda ishni rejalashtirish, xujjatlar bilan ishlash, yuqori tashkilotlardan tushayotgan me?yoriy xujjatlar monitoringini olib borish, kasaba uyushmasiga a?zolik afzalliklarini asoslash omillari to?g?risida?gi masala yuzasidan viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi tashkiliy ishlar bo?limi mudiri B.Muhammadiyev, ?Mehnat qonunchiligi va Mehnat kodeksi hamda O?zbekiston Respublikasining ?Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to?g?risida? va ?Fuqarolarning murojaatlari to?g?risida?gi qonunlari haqida?gi masala yuzasidan viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi yuridik bo?limi mudiri Z.Xolov, ?Jamoa shartnomalari va kelishuvlarni tuzish, ularni ekspertizadan o?tkazish hamda ularning bajarilishiga erishilishini nazorat qilish to?g?risida?gi masala yuzasidan viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi mehnatkashlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish bo?limi mudiri M.Anorboyev, ?Xodimlarga sog?lom va xavfsiz mehnat sharoitlari yaratilishi va mehnat muhofazasi to?g?risidagi xujjatlarga rioya etilishi ustidan jamoat nazoratini amalga oshirishda kasaba uyushmalarining faoliyatini takomillashtirish va samaradorligini oshirish haqida?gi masala yuzasidan viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi mehnatni muhofaza qilish bo?limi yetakchi mutaxassisi D.Shukurov, ?Kasaba uyushma a?zolarini bo?sh vaqtlarini sermazmun o?tkazish, mehnat jamoalarida sportning ommaviyligini oshirish va madaniy-ma?rifiy ishlar to?g?risida?gi masala yuzasidan viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi madaniy-ma?rifiy va sport ishlari bo?limi mutaxassisi M.Mirzayev, ?O?zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi Majlisining 2011 yil 27 apreldagi 3-2 sonli ?Kasaba uyushma byudjeti mablag?laridan maqsadli va samarali foydalanishni tashkil etish to?g?risida?gi qarorining joylardagi ijrosi haqida?gi masala yuzasidan viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi bosh taftishchisi R.Xolmatovlar ma?ruza qilishdi.
Yig?ilish yakunida savol-javoblar, takliflar, muzokaralar va ilg?or tajribalarni o?rtoqlashish uchun vaqt ajratildi.
Seminar ishtirokchilari tomonidan berilgan savollarga viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi yuridik bo?limi mudiri Z.Xolov hamda bosh taftishchisi R.Xolmatovlar javob berishdi.
Qumqo?rg?on tuman tibbiyot birlashmasi kasaba uyushma qo?mitasi raisi A.Cho?lliboyev, Boysun tuman ta?lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi raisi F.Xamdamovlar o?quv-seminar ishi bo?yicha o?z fikr-mulohazalarini bildirishdi.
Viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi raisi A.Axmedov so?z olib seminardan olingan ta?surotlar va oldimizda turgan dolzarb vazifalar to?g?risida gapirib o?tdi.
O?qilgan ma?ruzalar, savol-javoblar va fikr-mulohazalardan kelib chiqib o?quv seminari tegishli qaror qildi.
Seminar ishida Qumqo?rg?on tumanidagi barcha tarmoq kasaba uyushma organlari rahbarlari, boshlang?ich kasaba uyushma tashkilot raislari, barcha viloyat, shaxar, tuman tarmoq kasaba uyushma organlari rahbarlari, tuman xokimligi vakillaridan jami 250 nafar ishtirokchi qatnashdi.

“Salomatlik” spartakiadasi

Surxondaryo viloyat davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi kengashi tizimidagi tashkilot, korxona va muassasalarda faoliyat yuritayotgan xodimlarni sog’lomlashtirish maqsadida ?2012 yil – Mustahkam oila yili? Davlat dasturiga bag’ishlangan ?Taqdirimsan, baxtimsan, erkin va obod Vatan? shiori ostida Mamlakatimiz Mustaqillik bayrami arafasida ?Salomatlik? spartakiadasi 2012 yil 10-11 avgust kunlari Uzun tumanidagi ?X.Qulniyozov? nomli bolalar oromgohida tashkil etildi. Spartakiadada kasaba uyushmasi a?zolari o’rtasida mini futbol, shohmot, shashka, stol tennisi, darts, tosh ko’tarish va arqon tortish bo’yicha sport musobaqalari o’tkazildi.
?Salomatlik? spartakiadasida jami 169 nafar tarmoq tizimida mehnat qilayotgan kasaba uyushma a?zolari ishtirok etishdi.
Musobaqalar ko’tarinki ruhda o’tkazilganligi uchun ishtirokchilarida yaxshi taasurot qoldirdi.
O’zlarining chaqqonligi, zukkokligi, musobaqaga yaxshi tayyorgarlik ko’rganliklari bilan mezbon jamoasi, ya?ni Uzun tumani musobaqa qatnashchilari orasida ajralib turdi.
Viloyat ?Salomatlik? spartakiadasining qiziqarli o’tishida Uzun tuman xokimligi, viloyat va tuman davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi kengashlari, jismoniy tarbiya va sport jamiyati kengashi va ?X.Qulniyozov? nomli bolalar oromgohi ma?muriyatining xizmatlari beqiyos bo’ldi.
Umumjamoa xisobida 1-o’rinni Uzun tumani, 2-o’rinni Qumqo’rg’on tumani va 3-o’rinni Sariosiyo tumani egallashdi.
Musobaqa so’ngida g’olib, sovrindorlar va barcha ishtirokchilar tashkiliy qo’mitaning diplomlari hamda qimmatbaxo sovg’alari bilan taqdirlandi.