Surxondaryo viloyat xokimligi, viloyatdagi korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlarining viloyat kasaba uyushmalari faollari bilan ?Mehnat sohasidagi muhim ahamiyatga molik masalalar? mavzusida o?tkazilgan Davra suxbati

Yig`ilishda viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi apparati xodimlari, tarmoq kasaba uyushmalari Markaziy kengashlarning mas`ul tashkilotchilari, shahar, tuman tarmoq kasaba uyushmalari kengashlari hamda asosiy ishidan ozod etilgan va yirik korxonalar kasaba uyushma qo`mitalari raislari, faollari qatnashishdi.
Yig`ilishga viloyat xokimining o`rinbosari, viloyat boshqarmalari, birlashmalari va muassasalari rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari taklif etildi.
Davra suhbatini viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi raisi A.Axmedov ochib, bugungi kunda respublikada, ayniqsa bizning viloyatimizda amalga oshirilayotgan ulkan ishlar, ayniqsa, yangi ish o`rinlari yaratish maqsadida qurilayotgan loyihalar, hukumatimiz tomonidan xalq farovonligi yo`lida olib borilayotgan ishlar haqida gapirib o`tdi.

Print Friendly, PDF & Email