“Harbiy qismda askarlar bilan uchrashuv”

Xuddi shu kuni Termiz shahridagi 4278-harbiy qismda O`zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi tashabbusi bilan Respublikamiz mustaqilligining 22 yilligiga bag`ishlangan “Qadr-qimmatim, tayanchim va iftixorimsan, mustaqil O`zbekiston!” mavzuidagi madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda tashkilotchilar mamlakatimizda Istiqlol yillarida amalga oshirilayotgan islohotlar,

«Ayollar sport festivali» ishtirokchilarida katta tassurot qoldirdi.

Viloyat markazi Termiz shahrida O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 22 yilligiga bag’ishlab “Qadr-qimmatim, tayanchim va iftixorimsan, mustaqil O’zbekiston!” shiori asosida “Ayollar sport festivali” o’tdi. Ushbu tadbirda viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi tomonidan “Ayollar sport festivali”ning g’olib va sovrindorlariga esdalik sovg’alari topshirildi.

Iqtidorli nogiron bolalar uchun “Maftunkor ranglar olami” badiiy-ijodiy ko’rik tanlovi o’tkazildi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining iqtidorli nogiron bolalar uchun “Maftunkor ranglar olami” badiiy-ijodiy ko’rik-tanlovini o’tkazishga tayyorgarlik ko’rish va o’tkazish to’g’risidagi 2013 yil 5 avgustdagi №07-07/7-5 sonli xati va №189 sonli yig’ilish bayoni qarorini bajarish maqsadida shu yilning 13 avgust kuni Termiz shahridagi viloyat Do’stlik madaniyat va istirohat bog’ida iqtidorli

Seminar o`tkazildi.

O`zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 22 yilligi munosabati bilan “Qadr-qimmatim, tayanchim, iftixorimsan mustaqil O`zbekiston!” shiori ostida viloyat “Mannon Uygur” nomidagi viloyat musikali drama va komediya teatr binosida O`zbekiston ipagi uyushmasi “Kumush tola-yurt boyligi”, “Oilaviy tadbirkorlik-jamiyat taraqqiyotining garovi” mavzusida seminar o`tkazildi.

Havaskor velosportchilar ishtirokida velomarafon o`tkazilmoqda.

Mehnatkashlarni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug`ullanishga keng jalb qilish, ularni salomatliklarini sport-sog`lomlashtirish tadbirlari orqali mustahkamlash shuningdek, viloyatda velosportni ommaviyligini oshirish hamda viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashining “Obod turmush yili” dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning iyun oyida viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi rayosatining “Havaskor velosportchilar ishtirokida velomarafon o`tkazish to`g`risida”gi qarori qabul qilinib, havaskor velosportchilar ishtirokida velomarafonini tashkil etish va o`tkazish bo`yicha Nizom, tashkiliy qo`mita tarkibi tasdiqlandi.
Kasaba uyushmalari tuman, shaxar kengashlari, kasaba uyushma qo`mitalari bilan hamkorlikda velomarafonning joylardagi saralash bosqichi joriy yilning 15 iyul kuniga qadar o`tkazilshi belgilanib, hozirda Sherobod, Qizirik, Angor, Muzrobot va boshqa tumanlarda xavaskor velosportchilar ishtirokida velomarafon tashkil etish va o`tkazish bo`yicha tasdiqlangan Nizom aosida velomarafon musobaqalari o`tkazilib unda 200 nafarga yaqin xavaskor velosportchilar ishtirok etdi.
G`oliblar kasaba uyushmalari tuman kengashlarining qimmatboho sovg`alari hamda faxriy yorliqlari bilan taqdirlandilar.
Havaskor velosportchilar ishtirokida velomarafonning viloyat bosqichi 2013 yilning 15 avgust kuni Termiz shaxrida o`tkazilishi rejalashtirildi.

Ehtiyojmand oilalarni qo`llab-quvvatlash

O`zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi 2013 yil “Obod turmush yili” dasturining 27-bandi (Davlat dasturining 69-bandi), viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi dasturining 21-bandi 2-xat boshidagi topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida viloyatdagi ehtiyojmand oilalarning 20 nafari viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi tomonidan 10,0 million so`mlik elektr maishiy texnika jixozlari olib berish orqali rag`batlantirildi.