Шерободда тадбир ўтказилди

2014 йилнинг 14 январ куни Шеробод туманида байналминалчи жангчилар билан туман таълим,фан ва маданият ходимлари касаба уюшмаси Кенгашининг тадбири ўтказилди.Тадбирда 34 нафар соҳадада ишлайдиган байналминалчи жангчилар қатнашишди.Улар ёшлар вакилларига ўз ҳаётларидан сўзлаб беришди.Тадбир якунида қатнашчиларига туман таълим,фан ва маданият ходимлари касаба уюшмаси Кенгашининг эсдалик совғалари берилди.Тадбирда байналминалчи жангчилар Ойдин Жўраев,Тоштемир Аллаёров ва Баходир Рахимовлар сўзга чиқишиб ,касаба уюшмаларига ўз миннатдорчиликларини билдиришди.

“Askarlar onalarini sharaflaymiz!” tadbiri o’tkazildi.

14 yanvar Vatan himoyachilari kuni bayrami munosabati bilan Tеrmiz shaxrining «Istiklol» rеstoranida muddatli harbiy xizmatni namunali bajarayotgan askarlarning onalari ishtirokida “Askarlar onalarini sharaflaymiz!” tadbiri kеng jamoatchilik asosida yukori saviyada tashkil etildi.Tadbirda sanatkorlar ishtirokida kuy va qushiklar ijro etildi.Tadbir so’ngida askarlar onalariga xomiylarning esdalik sovg’alari topshirildi.

Konstitusiya bayrami munosabati bilan tadbirlar

Surxondaryo viloyati Oltinsoy tuman ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushma kengashi tomonidan 2013-yil 8-dekabr Oz`bekiston Respublikasi Konstitusiyasi bayrami munosabati bilan maktablar , maktabgacha va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari , kasb –hunar kollejlari, tuman madaniyat sport bo`limlarida tadbirlar tuzilib II-Jahon urushi qatnashchilari keksa nafaqaxo`rlar, baynalminalchi jangchilar, Chernobl fojiasi qatnashchilariga 1235000 (bir million ikki yuz o`ttiz besh ming) so`m sarflanib tadbir uyushtirildi.

Mini futbol musobaqasi o’tkazildi

“O’zbеkiston pochtasi” OAJ Surxondaryo filiali boshlang’ich kasaba uyushma qumitasi tomonidan 2013yilning dekabr oyida soxa xodimlari o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish va ommaviy jismoniy tarbiyani rivojlantirish maqsadida O’zbеkiston Rеspublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganligining yigirma bir yilligiga bag’ishlab, xodimlar o’rtasida mini futbol musobaqasining final bosqichi o’tkazildi.Musobaqada Angor pochta aloqa tarmog’i xodimlari jamoasi birinchi o’rinni, Uzun pochta aloqa tarmog’i xodimlari jamoasi ikkinchi o’rinni va viloyat filiali xodimlari jamoasi uchinchi o’rinni egallashdilar.
Musobaqa g’oliblari kasaba uyushmasi qo’mitasining esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.

Nogironlar kasaba uyushmalari e`tiborida

Surxondaryo viloyati Oltinsoy tuman ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushma kengashi tomonidan 3-dekabr “Nogironlar kuni” munosabati bilan I-II-III-guruh nogironlari, nafaqadagi ta’lim xodimlari yolg`iz yashayotgan va kam taminlangan, 28-nafar nogironlarning har biriga 12- turdagi 28600 (yigirma sakkiz ming olti yuz) so`mlik jami 800800 (sakkiz yuz ming sakkiz yuz) so`mlik oziq-ovqat mahsulotlari olib berildi va xollaridan xabar olinib moddiy-ma`naviy rag`batlantirildi

Ilg’orlarni rag’batlantirish

2013-yil paxta yig’im terimida faol ishtirok etib o‘z hissalarini qo‘shib kelayotgan 70 nafardan ortiq Surxondaryo viloyat iste’mol tovarlari ishlab chiqarish, savdo va xizmat ko‘rsatish tashkilotlari xodimlari kasaba uyushmasi a’zolariga O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashining qimmatbaho sovg’alari topshirildi.

“Milliy qadriyatlarimiz – beqiyos boyligimiz ” shiori ostida festivali o‘tkazildi

“Milliy qadriyatlarimiz – beqiyos boyligimiz ” shiori ostida festivali o‘tkazildi.
Viloyatimizda Milliy sport turlari va xalq o‘yinlari bo‘yicha “Milliy qadriyatlarimiz – beqiyos boyligimiz ” shiori ostida Respublika festivali o‘tkazildi.
Festivalda Milliy sport turlari va xalq o‘yinlari bo‘yicha shahar va tumanlardan 15 nafardan ishtirokchilar qatnashdilar.
Festivalning faol ishtirokchilariga viloyat hokimligi, homiylar hamda jamoat tashkilotlarining esdalik sovg‘alari topshirildi.

Viloyatda “KASABA-TUR” velomarafoni o`tkazildi.

Korxona, tashkilot va muassasalardan qatnashgan xavaskor velosportchilar o`rtasida Termiz shahrida “KASABA-TUR” velomarafoni kutarinki ruhda o`tkazildi.
Velomarafonda 300 nafarga yaqin 25 yoshdan 45 yoshgacha bo`lgan erkak va ayol xavaskor velosportchilar ishtirok etdilar.
G`oliblar va ishtirokchilar qo`shimcha nomenatsiyalar bo`yicha viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasining estalik sovg`alari va diplomlari bilan taqdirlandilar.