Mini futbol musobaqasi o’tkazildi

“O’zbеkiston pochtasi” OAJ Surxondaryo filiali boshlang’ich kasaba uyushma qumitasi tomonidan 2013yilning dekabr oyida soxa xodimlari o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish va ommaviy jismoniy tarbiyani rivojlantirish maqsadida O’zbеkiston Rеspublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganligining yigirma bir yilligiga bag’ishlab, xodimlar o’rtasida mini futbol musobaqasining final bosqichi o’tkazildi.Musobaqada Angor pochta aloqa tarmog’i xodimlari jamoasi birinchi o’rinni, Uzun pochta aloqa tarmog’i xodimlari jamoasi ikkinchi o’rinni va viloyat filiali xodimlari jamoasi uchinchi o’rinni egallashdilar.
Musobaqa g’oliblari kasaba uyushmasi qo’mitasining esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.

Print Friendly, PDF & Email