Havaskor velosportchilar ishtirokida velomarafon o`tkazilmoqda.

Mehnatkashlarni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug`ullanishga keng jalb qilish, ularni salomatliklarini sport-sog`lomlashtirish tadbirlari orqali mustahkamlash shuningdek, viloyatda velosportni ommaviyligini oshirish hamda viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashining “Obod turmush yili” dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning iyun oyida viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi rayosatining “Havaskor velosportchilar ishtirokida velomarafon o`tkazish to`g`risida”gi qarori qabul qilinib, havaskor velosportchilar ishtirokida velomarafonini tashkil etish va o`tkazish bo`yicha Nizom, tashkiliy qo`mita tarkibi tasdiqlandi.
Kasaba uyushmalari tuman, shaxar kengashlari, kasaba uyushma qo`mitalari bilan hamkorlikda velomarafonning joylardagi saralash bosqichi joriy yilning 15 iyul kuniga qadar o`tkazilshi belgilanib, hozirda Sherobod, Qizirik, Angor, Muzrobot va boshqa tumanlarda xavaskor velosportchilar ishtirokida velomarafon tashkil etish va o`tkazish bo`yicha tasdiqlangan Nizom aosida velomarafon musobaqalari o`tkazilib unda 200 nafarga yaqin xavaskor velosportchilar ishtirok etdi.
G`oliblar kasaba uyushmalari tuman kengashlarining qimmatboho sovg`alari hamda faxriy yorliqlari bilan taqdirlandilar.
Havaskor velosportchilar ishtirokida velomarafonning viloyat bosqichi 2013 yilning 15 avgust kuni Termiz shaxrida o`tkazilishi rejalashtirildi.

Print Friendly, PDF & Email