Angorda “O‘yinga asoslangan ta’lim” festivali g‘oliblari aniqlandi

Angor tumanidagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari (DMTT) pedagoglari o‘rtasida o‘tkazilgan “O‘yinga asoslangan ta’lim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik o‘yinlar festivali” o‘z yakuniga yetdi.
Mazkur tadbir bolalarni har tomonlama rivojlantirish, ta’lim jarayoniga innovatsion yondashuvlarni tatbiq etish va o‘zaro tajriba almashish maqsadida tashkil etildi.
Festivalning asosiy yo‘nalishlari:
Festival davomida pedagoglar jamoalari tomonidan bolalarning yoshi va psixologik xususiyatlariga mos, xavfsiz hamda qiziqarli didaktik o‘yinlar namoyish etildi. Taqdim etilgan ijodiy ishlarda quyidagi jihatlarga alohida e’tibor qaratildi:
  • “Ilk qadam” milliy o‘quv dasturi asosida didaktik materiallar yaratish;
  • O‘yinga asoslangan ta’lim metodikalarini samarali qo‘llash;
  • Pedagogik innovatsiyalarni amaliyotga joriy etish.
Hakamlar hay’ati ishtirokchilarning mahoratini atroflicha o‘rganib chiqib, yakuniy natijalarni e’lon qildi:
🏆 G‘oliblar ro‘yxati:
  • 1-o‘rin: 5-sonli DMTT jamoasi;
  • 2-o‘rin: 11-sonli DMTT jamoasi;
  • 3-o‘rin: 2-sonli DMTT jamoasi.
Festival yakunida barcha faol va ijodkor jamoalar munosib baholanib, g‘olib va sovrindorlar tantanali ravishda taqdirlandilar. Ushbu kabi tadbirlar maktabgacha ta’lim sifatini yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi.

Yurt fidoyilari hamisha e’zozda

9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Angor tumani hokimi Qosim Mardonov hamda mutasaddilar Buxoro viloyatida sodir bo‘lgan portlash oqibatida halok bo‘lgan harbiy xizmatchi Xushboq Choriyevning xonadonida bo‘ldi.

Tashrif davomida harbiy xizmatchining oila a’zolaridan hol-ahvol so‘raldi. Samimiy muloqot chog‘ida yurt tinchligi va xalq osoyishtaligi yo‘lida xizmat qilgan insonlarning jasorati hamda fidoyiligi hamisha yuksak qadrlanishi, ularning hayot yo‘li yosh avlod uchun ibrat namunasi ekani ta’kidlandi.

Shuningdek, Vatan manfaatlari yo‘lida xizmat qilgan insonlar xotirasini e’zozlash va ularning oilalariga doimiy e’tibor qaratish barchaning muhim vazifasi ekani qayd etildi.

 

9-may — Xotira va qadrlash kuni

9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Angor tumani hokimi Qosim Mardonov hamda mutasaddilar Buxoro viloyatida sodir bo‘lgan portlash oqibatida halok bo‘lgan harbiy xizmatchi Xushboq Choriyevning xonadonida bo‘ldi. Tashrif davomida harbiy xizmatchining oila a’zolaridan hol-ahvol so‘raldi. Samimiy muloqot chog‘ida yurt tinchligi va xalq osoyishtaligi yo‘lida xizmat qilgan insonlarning jasorati hamda fidoyiligi hamisha yuksak qadrlanishi, ularning hayot yo‘li yosh avlod uchun ibrat namunasi ekani ta’kidlandi. Shuningdek, Vatan manfaatlari yo‘lida xizmat qilgan insonlar xotirasini e’zozlash va ularning oilalariga doimiy e’tibor qaratish barchaning muhim vazifasi ekani qayd etildi

 

Inson aziz, xotira muqaddas: Angorda faxriylar holidan xabar olindi

9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Angor tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hamda Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi bo‘linmasi hamkorligida xayriya tadbiri o‘tkazildi. Tadbir doirasida Afg‘on urushi ishtirokchilari va ko‘p yillik samarali mehnat qilgan faxriy ustozlar xonadoniga tashrif buyurilib, ularning holidan xabar olindi.

Bu kabi uchrashuvlar yosh avlod qalbida ustozlarga bo‘lgan hurmatni mustahkamlash barobarida, milliy qadriyatlarimizni e’zozlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, ustozlarga ehtirom ko‘rsatish – xalqimizga xos eng oliy fazilatlardan biridir.

Xayrli tadbir

Joriy yilning 7 may kuni O‘zbekiston Tadbirkorlik, biznes va xizmat ko‘rsatish sohalari xodimlari kasaba uyushmasi Surxondaryo viloyati birlashgan qo‘mitasi hamda Termiz tumani Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi bo‘linmasi hamkorligida xayrli tadbir tashkil etildi.

«9 may – Xotira va qadrlash kuni» bayrami munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi suvereniteti va mustaqilligini himoya qilishda xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchi — Termiz tumani «Chegara» mahallasida yashagan Turg‘un Erkinovich Jo‘raevning xonadoniga tashrif buyurildi.

Uchrashuv davomida marhumning oila a’zolari holidan xabar olinib, ularga bayram munosabati bilan esdalik sovg‘alari topshirildi.

 

Фахрийлар ҳолидан хабар олинди

Узун тумани таълим ва фан ходимлари касаба уюшмаси бўлинмаси томонидан 9 май — Хотира ва қадрлаш куни муносабати билан бир гуруҳ байналмилалчи ходимлар эсдалик совғалари билан тақдирланди. Шунга қарамай, узоқ йиллар таълим соҳасида фаолият кўрсатган, ҳозирда нафақада бўлган фахрийлар ҳолидан ҳам хабар олинди

Termizda Musurmonqul Onorov xotirasiga bag‘ishlangan futbol turniri bo‘lib o‘tdi

9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Surxon” sport majmuasida futbol bo‘yicha xotira turniri tashkil etildi. Musobaqa O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Surxondaryo viloyati Kengashida ko‘p yillar xizmat qilgan marhum Musurmonqul Onorov yodiga bag‘ishlandi. Tadbir do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlash yo‘lida futbol ixlosmandlarini birlashtirdi.

E’zoz va ehtirom: «Termiz daryo porti» xodimlari faxriylar holidan xabar oldilar

9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Termiz daryo porti MChJ jamoasi an’anaviy xayriya tadbirini o‘tkazdi. Korxona rahbariyati va xodimlari ko‘p yillar davomida ushbu sohada samarali mehnat qilgan faxriylarning xonadonlariga tashrif buyurib, ularni bayram bilan muborakbod etdilar.

Suhbat davomida nuroniylarning boy hayotiy tajribasi, port rivojiga qo‘shgan hissasi yodga olindi. Faxriylarga korxona nomidan minnatdorchilik bildirilib, bayram sovg‘alari topshirildi. Bu kabi tadbirlar yosh avlodni keksalarni qadrlash va soha an’analariga sodiqlik ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Surxondaryoda “Eng namunali maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori” tanlovining tuman bosqichlari boshlandi

Surxondaryo viloyatida maktabgacha ta’lim tizimi rahbarlari o‘rtasida an’anaviy “Eng namunali maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori” ko‘rik-tanlovining tuman va shahar bosqichlariga start berildi.

Tanlovning Angor tuman bosqichi hududdagi 11-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida ko‘tarinki ruhda o‘tkazilmoqda. Tadbirning ochilish marosimida viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Jasur Mirzaqulov ishtirok etdi.

  1. Mirzaqulov o‘z nutqida ishtirokchilarga muvaffaqiyat tilab, ushbu tanlovning tizim rivojidagi o‘rniga alohida to‘xtalib o‘tdi. Ta’kidlanganidek, mazkur ko‘rik-tanlov:
  • Maktabgacha ta’lim tizimida samarali boshqaruvni joriy etish;
  • Rahbar kadrlarning kasbiy kompetensiyalarini doimiy oshirib borish;
  • Ilg‘or va zamonaviy ish tajribalarini ommalashtirishga xizmat qiladi.

Hozirda tuman bosqichi doirasida direktorlar o‘z mahoratlarini namoyish etmoqdalar. G‘oliblar viloyat bosqichida ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritadilar.