Hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

2024  yilning 26 fevral kuni O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Surxondaryo viloyat Kengashida 2023-2025 yillar uchun imzolangan jamoa shartnomasining 2023 yilda bajarilishiga bag‘ishlangan hisobot  yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.  Yig‘ilishda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Surxondaryo viloyat Kengashi raisi Axmedov Adukarim Abduraxmonovich, hamda boshlang‘ich kasaba uyushma tashkiloti raisi Xidirova Yulduz Qarshievnalarning  ma’ruzalari tinglandi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Surxondaryo viloyat kengashi raisi Ximmatova Nodira Surxanovna ishtirok etdi.

Surxondaryo viloyat Transport boshqarmasida Genderga oid audit o‘tkazish jarayoni

So‘ngi yillarda mamlakatimizda xotin-qizlar mavqeini oshirish, jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda faol ishtirok etishini ta’minlash, xotin-qizlarni ijtimoiy-huquqiy jihatdan qo‘llab quvvatlash borasida keng qo‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

         Xususan davlat xizmati sohasida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash maqsadida davlat organlari hamda tashkilotlarida genderga oid auditlarni o‘tkazishning huquqiy asoslari yaratildi, bir qator me’yoriy huquqiy hujatlar qabul qilindi va takomillashtirildi.

         Jumladan, 2019 yil  02 sentyabrd kuni O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi.

2022 yil 15 dekabr kuni “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqida” O‘RQ-809-son Qonun qabul qilindi va ushbu qonun bilan “Genderga oid audit” to‘g‘risda yangi mexanizm kiritilib, maxsus normalar bilan uning asosiy vazifalari, genderga oid auditni o‘tkazish hamda uning natijalarini ko‘rib chiqish tartibi mustahkamlandi.

Genderga oid auditni o‘tkazish vazifasi O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasiga yuklatilgan bo‘lib, tasdiqlangan uch yillik rejaga asosan davlat organlari va tashkilotlarida jamoatchilik nazorati doirasida o‘tkazilishi belgilandi.

Genderga oid audit, asosan mehnat munosabatlarini, tashkilotlarda xotin-qizlar va erkaklar uchun yaratilgan imkoniyatlarni, mehnat sharoitlarining tengligini, kadrlar siyosatini o‘rganishga yo‘naltirilgan bo‘lib, xodimlarning manfaatini himoya  qilish bilan shug‘ullanuvchi kasaba uyushmalarning faoliyatiga mos keladi.

“Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunining 8-2-moddasiga ko‘raGenderga oid uditni o‘tkazish vazifasi O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasiga yuklatilgan bo‘lib, mazkur qonuning ijrosini ta’minlash maqsadida Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha respublika komissiyasining 2023 yil 21 iyuldagi №6-sonli bayonnomasiga ko‘ra genderga oid auditni o‘tkazish uslubiyati va genderga oid auditni o‘tkazish bo‘yicha uch yillik reja tasdiqlandi

Tasdiqlangan rejaga ko‘ra 2024 yil birinchi choragida O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligi va uning tuzilmaviy tashkilotlari va qo‘yi tuzilmalarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Mazkur auditni  bajarish uchun O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Surxondaryo  viloyat kengashi ijroiya qo‘mitasining 2023 yil 09 oktyabrdagi №R-16/4-sonli qaroriga ko‘ra turli tashkilotlar tarkibidan ishchi guruh tashkil qilindi.

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining 2024 yil 06fevraldagi №ISh-17/199-sonli xatiga ko‘ra joriy yilning 07 fevraldan boshlab ishchi guruhi tomonidan Surxondaryo  viloyat Transport boshqarmasida genderga oid audit o‘tkazib kelinmoqda.

2024 yil 26 fevral kuni Surxondaryo  viloyat Transport boshqarmasi xodimlari ishtirokida genderga oid audit bo‘yicha o‘quv seminar o‘tkakzildi.

Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida hisobot yig‘ilishi o‘tkazildi

Joriy yilning 23 fevral kuni Surxondaryo viloyati Termiz tumanida joylashgan Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida 2023-2025 yillar uchun tuzilgan Jamoa shartnomasining 2023 yilda bajarilishi yakuniga bag‘ishlangan hisobot yig‘ilishi o‘tkazildi. Yig‘ilishda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Surxondaryo viloyat Kengashi raisi A.A.Axmedov hamda O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Surxondaryo viloyat Kengashi raisi N.S.Ximmatovalar ishtirok etishdi

2023-2025- yillarga imzolangan Jamoa shartnomasining 2023 yilda bajarilishi va 2024 yil uchun qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha mehnat jamoasining konferensiyasi bo‘lib o‘tdi

Bugun Sherobod tuman tibbiyot birlashmasida 2023-2025- yillarga imzolangan Jamoa shartnomasining 2023 yilda bajarilishi  va 2024 yil uchun qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha mehnat jamoasining konferensiyasi bo‘lib o‘tdi, unda tibbiyot birlashma bosh shifokori  Raximov Shuhrat Boyqobilovich hamda kasaba uyushma  qo‘mita raisi Raxmonova Sharofat Karimovnalarning hisobotlari tinglandi. Konferensiyada O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi bosh mehnat texnik inspektori Aliev Zafar G‘anievich,  O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Surxondaryo viloyat Kengashi raisi Kadirova Muyassar Djumaevna hamda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining Surxondaryo viloyat bo‘yicha mehnat texnik  inspektori Bo‘riev Ulug‘bek Rajabovichlar ishtirok etishdi.

Hisobotlar tinglandi

Joriy yilning 21 fevral kuni Angor tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limida 2023-2025 yillar uchun imzolangan jamoa shartnomasining 2023 yilda bajarilishiga bag‘ishlangan hisobot  yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.  Yig‘ilishda Angor tuman kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Normurod Boltaev, hamda KUK raisi Bozorov Olim Xidirovichning va jamoa shartnomalarini nazorat qiluvchi xodimlarning  hisobotlari tinglandi.

Jamoa shartnomalariga o‘zgartirishlar qabul qilindi

2024 yil 16 fevral kuni Uzun tumanidagi 49, 50- o‘rta ta’lim maktablarida  2023-2025 yillarga tuzilgan jamoa shartnomasi bandlarining 2023 yilda bajarilishiga bag‘ishlangan umumiy yig‘ilishlar bo‘lib o‘tdi. Maktab direktorlari, boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mita raislari hamda jamoa shartnomasini nazorat qiluvchi komissiyaning xisobotlari tinglandi. Jamoa shartnomasiga 2024 yil uchun qo‘shimcha va o‘zgartirishlar qabul qilindi.

“Nodavlat sektori korxonalarini kasaba uyushmasi a’zoligiga jalb etish bo‘yicha” targ‘ibot yig‘ilishi o‘tkazildi

Nodavlat sektori korxonalarini kasaba uyushmasi a’zoligiga jalb etish bo‘yicha” targ‘ibot yig‘ilishi o‘tkazildi

 

O‘zbekiston transport, yo‘l va kapital qurilish, qurilish industriyasi xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi, xududiy kengash, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Surxondaryo viloyat Kengashi vakillari ishtirokida

 “Nodavlat sektori korxonalarini kasaba uyushmasi a’zoligiga jalb etish bo‘yicha” targ‘ibot yig‘ilishi o‘tkazildi. Yig‘ilishda mexnat jamoasida ish unumdorligini yanada oshirish, sog‘lom ijtimoiy muhit barqarorligini ta’minlash, xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari himoyasini kuchaytirish uchun korxona va muassasalarda kasaba uyushmasi tashkiloti tuzilishi maqsadga muvofiqligi alohida takidlab o‘tildi. Kasaba uyushmasiga a’zo bo‘lgan tashkilot va korxonalarda xodimlar va ularning ota onasi, turmush o‘rtog‘i va farzandlari uchun sanatoriya va bolalar oromgoxlarida  imtiyozli yo‘llanmalar ajratilishi, davolanib dam olishi takidlab o‘tildi.  Yig‘ilish  davomida  ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.