O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Bosh kengashining VII majlisi bo‘lib o‘tdi

30.01.2024. O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Bosh kengashining VII majlisi bo‘lib o‘tdi. Uni O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi Qudratilla Rafikov olib bordi.

Majlisda Federatsiya Nazorat-taftish komissiyasi, kasaba uyushmalari Respublika va hududiy kengashlari raislari, tasarrufdagi tashkilotlar rahbarlari, Federatsiya apparatining bo‘lim mudirlari hamda mas’ul xodimlar ishtirok etdilar.

Bosh kengash majlisida dastlab “O‘zbekiston-2030” strategiyasi doirasida  O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan vazifalarning 2023 yil yakuni yuzasidan ijrosi va 2024 yildagi asosiy vazifalari to‘g‘risida”gi masala ko‘rib chiqildi.

Sherobod tumanida “Mahallada duv-duv gap” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlari davom etmoqda.

Sherobod tumanidagi 11-sonli umumta’lim maktabida “Xo‘jaqiya-2” mahallasi aholisi o‘rtasida “Mahallada duv-duv gap” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy hamda harbiy-vatanparvarlik tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda Respublika kasaba uyushmalari Federatsiyasi Surxondaryo viloyat Kengashi raisi A.Axmedov, viloyat “Nuroniy” jamg‘armasi raisi va “Nuroniy” jamg‘armasi tuman bo‘limi raisi A.Chorievlar tomonidan yurtimizda yaratilayotgan shart-sharoitlar, xotin-qizlarga va yoshlarga berilayotgan imtiyoz va imkoniyatlar 2024 yil“Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da olib borilishi lozim bo‘lgan ishlar mazmuni to‘g‘risida targ‘ibotlar olib borildi.

Sovg’alar topshirildi

Joriy yilning 14 yanvar kuni Tadbirkorlik, biznes va xizmat ko‘rsatish sohalari xodimlar kasaba uyushmasi Surxondaryo viloyat birlashgan qo‘mitasi tizimida bo‘lgan Shurchi tuman obodonlashtirish boshqarmasi kasaba uyushmasi  O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining  32 yilligi  hamda Vatan himoyachilari kuni va jamoat ishlarida faol ishtiroki uchun 87 nafar  ishchi – xodimlar faxriy yorliq va sovg’alar bilan taqdirlandilar .

“14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan musobaqa tashkillashtirildi

“14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan 12 yanvar kuni Surxondaryo viloyat Tadbirkorlar, biznes va xizmat ko’rsatish sohalari xodimlari kasaba uyushmasi tizimida bo’lgan Davlat kadastrlar palatasi Surxondaryo viloyat boshqarmasi tashabbusi bilan xodimlar ishtirokida sportning “Mini futbol” turi bo‘yicha musobaqa tashkillashtirildi.

Musobaqaning tashkillashtirilishi orqali ishchi xodimlar o‘rtasida do‘stona, sog‘lom muhitni shakllantirish, xodimlarning dam olish kunlarini maroqli o‘tkazishlari maqsad qilingan.