Hisobot yig‘ilishi o‘tkazildi

Joriy yilning 29 mart kuni Surxondaryo viloyati Bojxona boshqarmasining 2023-2025 yillar uchun imzolangan jamoa shartnomasining 2023 yilda bajarilishiga bag‘ishlangan hisobot yig‘ilishi o‘tkazildi. Yig‘ilishda ish beruvchi hamda boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mita raisining hisobotlari tinglandi.

 

Jamoa shartnomasining ijrosi bo‘yicha umumiy yig‘ilish o‘tkazildi

        2024 yil 27 mart kuni Boysun tuman Obodonlashtirish boshqarmasi mehnat jamoasining 2023 – 2025 yillarga tuzilgan jamoa shartnomasining 2023 yilda bajarilishi yakunlari bo‘yicha umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

       Yig‘ilishda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining ijtimoiy- iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish bo‘lim mudiri o‘rinbosari Azamat Abdullaev, Surxondaryo viloyat Kengashining ijtimoiy-iqtisodiy bo‘limi boshlig‘i Muxtor Anorboev, Respublika Kengashining Surxondaryo viloyat birlashgan qo‘mitasining raisi Xamid Qo‘zimuradovlar ishtirok etib kasaba uyushmalarining Ustivor vazifalari to‘g‘risida muzokarada ishtirok etdilar.

        2023-2025 yillarga tuzilgan jamoa shartnomasining 2023 yilda bajarilishi yuzasidan hisobotlar tinglandi.

      Jamoa shartnomasining bajarilishi bo‘yicha muzokaraga chiqqanlar 2023 yilda Jamoa shartnomasining bajarilishi bo‘yicha ish beruvchi va kasaba uyushma qo‘mitasining xisobotlarini qoniqarli deb baholadilar.

      Kun tartibidagi masala yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Azim Toshkentga sayohat

Bugun yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, ulkan bunyodkorlik ishlaridan O‘zbekiston kundan-kunga chiroy ochib, bo‘y ko‘rsatmoqda.

Keyingi yillarda mamlakatimizda ichki va tashqi turizmga berilayotgan e’tibor esa yurtimiz ahli va chet elliklarni o‘ziga chorlamoqda. Shu boisdan ham yurtimizdagi tarixiy obidalar, muqaddas qadamjolar, ziyoratgohlar, azim shaharlar-u, so‘lim maskanlar bugun juda gavjum.

Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Angor tumani Kengashi tashabbusi bilan ta’lim muassasalarida mehnat qilib kelayotgan 48 nafar o‘qituvchilarning poytaxtimizga 3 kunlik sayohati tashkil etildi.

Sayohatchilar “Shahidlar xotirasi” xiyoboni,  “Hasti Imom” masjidi,  Toshkent viloyati, Zangiota tumanida joylashgan “Zangiota” ziyoratgohida ham bo‘lishdi. Shuningdek, turli dam olish maskanlarini aylanib madaniy hordiq chiqardilar.

1

Jamoa shartnomasi ijrosi muhokama qilindi

Respublika  shoshilinch tez yordam ilmiy markazi Surxondaryo filiali mehnat jamoasining 2021-2023 yillar uchun imzolangan jamoa shartnomasining 2023 yilda bajrilishi bo‘yicha konferensiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Ishchi-xodimlarni qo‘llab-quvvatlash, moddiy va ma’naviy ko‘mak ko‘rsatish jamoa shartnomasida o‘z aksini topgan bo‘lib, undagi bandlarning ijrosiga jiddiy e’tibor qaratilgan.

Kun tartibidagi masalalar yuzasidan Respublika  shoshilinch tez yordam ilmiy markazi Surxondaryo filiali  bosh shifokori A.Eshboev va  kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi I.Dusalovning hisobotlari tinglandi.

Jamoa shartnomalariga kiritilgan qo‘shimcha imtiyozlarning bajarilishi  natijasida har bir xodimga o‘rtacha sarflangan mablag‘  14 mln. 916 ming so‘mni, mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha sarflangan o‘rtacha mablag‘ esa  1 mln. 486 ming so‘mni tashkil etdi.

Mehnatkashlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ommaviy sport turlariga jalb etish, sanatoriylarda salomatliklarini tiklash, yurtimiz bo‘ylab sayohatlarga olib borish, ko‘makka ehtiyoj sezgan, kam ta’minlangan oilalarga doimiy ravishda e’tibor qaratildi. 

Konferensiyada ishtirok etgan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Surxondaryo viloyat Kengashi rais o‘rinbosari Q.A.Bobolov va O‘zbekiston sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasining Surxondaryo viloyat Kengashi raisi M.J.Kadirova yig‘ilish qatnashchilarining qiziqtirgan savollarga javob berdilar.2021-2023 yillar uchun tuzilgan jamoa shartnomasining 2023 yilda bajarilishi bo‘yicha tibbiyot birlashma  ma’muriyati va boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan amalga oshirilgan ishlarga qoniqarli baho berdilar.  Konferensiya so‘ngida   2024-2026 yillarga tuzilayotgan Jamoa shartnomasi muhokama qilinib, ma’qullandi.

Jamoa shartnomasi ijrosi muhokama qilindi

Respublika  shoshilinch tez yordam ilmiy markazi Surxondaryo filiali mehnat jamoasining 2021-2023 yillar uchun imzolangan jamoa shartnomasining 2023 yilda bajrilishi bo‘yicha konferensiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Ishchi-xodimlarni qo‘llab-quvvatlash, moddiy va ma’naviy ko‘mak ko‘rsatish jamoa shartnomasida o‘z aksini topgan bo‘lib, undagi bandlarning ijrosiga jiddiy e’tibor qaratilgan.

Kun tartibidagi masalalar yuzasidan Respublika  shoshilinch tez yordam ilmiy markazi Surxondaryo filiali  bosh shifokori A.Eshboev va  kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi I.Dusalovning hisobotlari tinglandi.

Jamoa shartnomalariga kiritilgan qo‘shimcha imtiyozlarning bajarilishi  natijasida har bir xodimga o‘rtacha sarflangan mablag‘  14 mln. 916 ming so‘mni, mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha sarflangan o‘rtacha mablag‘ esa  1 mln. 486 ming so‘mni tashkil etdi.

Ayniqsa, mehnatkashlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ommaviy sport turlariga jalb etish, sanatoriylarda salomatliklarini tiklash, yurtimiz bo‘ylab sayohatlarga olib borish, ko‘makka ehtiyoj sezgan, kam ta’minlangan oilalarga doimiy ravishda e’tibor qaratildi. 

Konferensiyada ishtirok etgan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Surxondaryo viloyat Kengashi rais o‘rinbosari Q.A.Bobolov va O‘zbekiston sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasining Surxondaryo viloyat Kengashi raisi M.J.Kadirova yig‘ilish qatnashchilarining qiziqtirgan savollarga javob berdilar.2021-2023 yillar uchun tuzilgan jamoa shartnomasining 2023 yilda bajarilishi bo‘yicha tibbiyot birlashma  ma’muriyati va boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan amalga oshirilgan ishlarga qoniqarli baho berdilar.  Konferensiya so‘ngida   2024-2026 yillarga tuzilayotgan Jamoa shartnomasi muhokama qilinib, ma’qullandi.

Hisobotlar tinglandi

Joriy yilning 1 mart kuni Surxondaryo viloyati Denov tumani hokimligida 2023-2025 yillar uchun imzolangan jamoa shartnomasining 2023 yilda bajarilishiga bag‘ishlangan hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.  Yig‘ilishda Ish beruvchi tuman hokimi Abrorov Ilxom Ibragimovich hamda boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi raisi Raximov Sherali Tursunalievichlarning hisobotlari tinglandi.