1

Jamoa shartnomasi ijrosi muhokama qilindi

Respublika  shoshilinch tez yordam ilmiy markazi Surxondaryo filiali mehnat jamoasining 2021-2023 yillar uchun imzolangan jamoa shartnomasining 2023 yilda bajrilishi bo‘yicha konferensiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Ishchi-xodimlarni qo‘llab-quvvatlash, moddiy va ma’naviy ko‘mak ko‘rsatish jamoa shartnomasida o‘z aksini topgan bo‘lib, undagi bandlarning ijrosiga jiddiy e’tibor qaratilgan.

Kun tartibidagi masalalar yuzasidan Respublika  shoshilinch tez yordam ilmiy markazi Surxondaryo filiali  bosh shifokori A.Eshboev va  kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi I.Dusalovning hisobotlari tinglandi.

Jamoa shartnomalariga kiritilgan qo‘shimcha imtiyozlarning bajarilishi  natijasida har bir xodimga o‘rtacha sarflangan mablag‘  14 mln. 916 ming so‘mni, mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha sarflangan o‘rtacha mablag‘ esa  1 mln. 486 ming so‘mni tashkil etdi.

Mehnatkashlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ommaviy sport turlariga jalb etish, sanatoriylarda salomatliklarini tiklash, yurtimiz bo‘ylab sayohatlarga olib borish, ko‘makka ehtiyoj sezgan, kam ta’minlangan oilalarga doimiy ravishda e’tibor qaratildi. 

Konferensiyada ishtirok etgan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Surxondaryo viloyat Kengashi rais o‘rinbosari Q.A.Bobolov va O‘zbekiston sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasining Surxondaryo viloyat Kengashi raisi M.J.Kadirova yig‘ilish qatnashchilarining qiziqtirgan savollarga javob berdilar.2021-2023 yillar uchun tuzilgan jamoa shartnomasining 2023 yilda bajarilishi bo‘yicha tibbiyot birlashma  ma’muriyati va boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan amalga oshirilgan ishlarga qoniqarli baho berdilar.  Konferensiya so‘ngida   2024-2026 yillarga tuzilayotgan Jamoa shartnomasi muhokama qilinib, ma’qullandi.

Print Friendly, PDF & Email