Azim Toshkentga sayohat
Bugun yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, ulkan bunyodkorlik ishlaridan O‘zbekiston kundan-kunga chiroy ochib, bo‘y ko‘rsatmoqda.
Keyingi yillarda mamlakatimizda ichki va tashqi turizmga berilayotgan e’tibor esa yurtimiz ahli va chet elliklarni o‘ziga chorlamoqda. Shu boisdan ham yurtimizdagi tarixiy obidalar, muqaddas qadamjolar, ziyoratgohlar, azim shaharlar-u, so‘lim maskanlar bugun juda gavjum.
Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Angor tumani Kengashi tashabbusi bilan ta’lim muassasalarida mehnat qilib kelayotgan 48 nafar o‘qituvchilarning poytaxtimizga 3 kunlik sayohati tashkil etildi.
Sayohatchilar “Shahidlar xotirasi” xiyoboni, “Hasti Imom” masjidi, Toshkent viloyati, Zangiota tumanida joylashgan «Zangiota» ziyoratgohida ham bo‘lishdi. Shuningdek, turli dam olish maskanlarini aylanib madaniy hordiq chiqardilar.