“Nodavlat sektori korxonalarini kasaba uyushmasi a’zoligiga jalb etish bo‘yicha” targ‘ibot yig‘ilishi o‘tkazildi

Nodavlat sektori korxonalarini kasaba uyushmasi a’zoligiga jalb etish bo‘yicha” targ‘ibot yig‘ilishi o‘tkazildi

 

O‘zbekiston transport, yo‘l va kapital qurilish, qurilish industriyasi xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi, xududiy kengash, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Surxondaryo viloyat Kengashi vakillari ishtirokida

 “Nodavlat sektori korxonalarini kasaba uyushmasi a’zoligiga jalb etish bo‘yicha” targ‘ibot yig‘ilishi o‘tkazildi. Yig‘ilishda mexnat jamoasida ish unumdorligini yanada oshirish, sog‘lom ijtimoiy muhit barqarorligini ta’minlash, xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari himoyasini kuchaytirish uchun korxona va muassasalarda kasaba uyushmasi tashkiloti tuzilishi maqsadga muvofiqligi alohida takidlab o‘tildi. Kasaba uyushmasiga a’zo bo‘lgan tashkilot va korxonalarda xodimlar va ularning ota onasi, turmush o‘rtog‘i va farzandlari uchun sanatoriya va bolalar oromgoxlarida  imtiyozli yo‘llanmalar ajratilishi, davolanib dam olishi takidlab o‘tildi.  Yig‘ilish  davomida  ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Surxondaryo viloyati Sherobod tumani hokimligi binosida Xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Respublika komissiyasining 2023 yil 23 avgustdagi kengaytirilgan yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan tuman sektor rahbarlari, mas’ul idora va tashkilotlar xodimlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston kasaba uyushmasi Federatsiyasidan viloyatga biriktirilgan vakil Sh.Qodirov, Xotin-qizlar o‘rtasida ishsizlikni bartaraf etish bo‘yicha viloyat ishchi guruhi rahbari Q.Bobolovlar ishtirok etdi.

Uchrashuvda tuman ishchi guruhi a’zolariga tumandagi mavjud  mahallalarda faoliyat olib borayotgan beshlik tomonidan xatlovlarni haqqoniyligiga alohida e’tibor qaratish, ishsiz xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash hamda xotin-qizlarning takliflaridan kelib chiqib munosib ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha aniq chora-tadbir asosida ish olib borishlari to‘g‘risida tegishli taklif va tavsiyalar berib o‘tildi