2023-2025- yillarga imzolangan Jamoa shartnomasining 2023 yilda bajarilishi va 2024 yil uchun qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha mehnat jamoasining konferensiyasi bo‘lib o‘tdi

Bugun Sherobod tuman tibbiyot birlashmasida 2023-2025- yillarga imzolangan Jamoa shartnomasining 2023 yilda bajarilishi  va 2024 yil uchun qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha mehnat jamoasining konferensiyasi bo‘lib o‘tdi, unda tibbiyot birlashma bosh shifokori  Raximov Shuhrat Boyqobilovich hamda kasaba uyushma  qo‘mita raisi Raxmonova Sharofat Karimovnalarning hisobotlari tinglandi. Konferensiyada O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi bosh mehnat texnik inspektori Aliev Zafar G‘anievich,  O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Surxondaryo viloyat Kengashi raisi Kadirova Muyassar Djumaevna hamda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining Surxondaryo viloyat bo‘yicha mehnat texnik  inspektori Bo‘riev Ulug‘bek Rajabovichlar ishtirok etishdi.

Print Friendly, PDF & Email