XII-Salomatlik spartakiadasi

Viloyat sog’liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi kengashi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 21 yilligi munosabati bilan “Taqdirimsan, baxtimsam, erkim va obod Vatan!” shiori ostida 2012 yil 23-24 iyul kunlari Sariosiyo tumani X.Qulniyozov oromgohi xududida tarmoq xodimlarining XII-Salomatlik spartakiadasi o’tkazildi.
Sportning engil atletika, stol tennisi, voleybol turlari va kasaba uyushma qo’mitalari raislari o’rtasida “Darts” turi bo’yicha o’tgan baxslarda Termiz shaxar tibbiyot birlashmasi kasaba uyushma qo’mitasi jamoasi I-o’rinni, Termiz tuman tibbiyot birlashmasi II-o’rinni, Sariosiyo tuman tibbiyot birlashmasi xodimlari esa umumjamoa xisobida III-o’rinni egallashdi.
Spartakiada g’oliblari viloyat kengashining qimmatbaxo sovg’alari va I-II-III darajali diplomlari bilan taqdirlandi.

Print Friendly, PDF & Email