KITOB TAQDIMOTI O‘TKAZILDI

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Surxondaryo viloyati kengashida ikki tomli «O‘zbekiston kasaba uyushmalari. 120 yil xalq bilan» kitoblarining taqdimoti o‘tkazildi.

Tadbirda tarmoq kasaba uyushmalari tuman va shahar kengashlari raislari, hamkor tashkilotlar vakillari hamda kasaba uyushmalari faollari ishtirok etdi.

«O‘zbekiston kasaba uyushmalari. 120 yil xalq bilan» kitobi ikki jilddan iborat bo‘lib, unda kasaba uyushmalari harakatining yuzaga kelishi, shakllanishi va bugungi kungacha bosib o‘tgan taraqqiyot bosqichlari keng yoritilgan.

Taqdimotda so‘zga chiqqanlar mazkur kitobning nashr etilishi kasaba uyushmalari tarixini tizimlashtirish, uni ilmiy jihatdan o‘rganish va keng jamoatchilikka yetkazish yo‘lidagi muhim qadam bo‘lganini e’tirof etdilar.

Ushbu kitoblar viloyatdagi oliy o‘quv yurtlari, kutubxonalar, muzeylar va kasaba uyushmasi faollariga sovg‘a qilindi.

 

Print Friendly, PDF & Email