“Amir Temur – buyuk davlat va siyosat arbobi”

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 5 fevraldagi “Buyuk davlat arbobi va sarkarda, ilm-fan, madaniyat va san’at homiysi Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi PQ-46-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Surxondaryo viloyati kengashida “Biz kim — mulki Turon, Amiri Turkistonmiz” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Mazkur anjumanda turli soha vakillari, jumladan, kasaba uyushmalari tizimi xodimlari, tashkilot va idoralar mas’ullari, oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari, talabalar, teatr aktyorlari hamda harbiylar ishtirok etishdi.

Tadbir davomida ma’ruzachilar Amir Temurning hayoti, siyosiy va ijtimoiy faoliyati, Sohibqiron davridagi ilm-fan, madaniyat hamda ta’lim rivoji haqida so‘z yuritdilar.

Shuningdek, Surxondaryo viloyati musiqali drama teatri aktyorlari tomonidan Amir Temur hayoti va faoliyatini aks ettiruvchi sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. O‘z navbatida, talaba-yoshlar buyuk sarkardaning hayotiy tajribasi asosida yaratilgan “Temur tuzuklari” asaridan adolatparvarlik, halollik va mardlikni targ‘ib qiluvchi hikmatli so‘zlarni yod oldilar.

Yakunda tadbirni yuqori saviyada o‘tkazishga hissa qo‘shgan bir guruh ishtirokchilar tashkilotchilarning tashakkurnomasi va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

 

Print Friendly, PDF & Email