«To‘maris izdoshlari» — kuch, shijoat va nafosat timsoli!
8-Mart Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan «Termiz Daryo Porti» MChJ da «To‘maris izdoshlari» shiori ostida xotin-qizlar o‘rtasida sport musobaqasi tashkil etildi, Ushbu musobaqada korxonada mehnat qilayotgan xotin-qizlar faol ishtirok etdilar, Qizg‘in bellashuvlar va ko‘tarinki kayfiyatga boy tarzda o‘tgan musobaqa barcha ishtirokchilarga bayramona ruh bag‘ishladi. Tadbir davomida xotin-qizlarning faolligi , matonati va To‘maris izdoshlariga mos jasorati yana bir bor namoyon bo‘ldi. Musobaqa yakunida ishtirokchilar munosib rag‘batlantirilib , esdalik sovg‘alari topshirildi