
„Besh tashabbus“ olimpiadasi doirasida sportning Stritbol turi boʻyicha Respublika final bosqichi boʻlib oʻtdi
Joriy yilning 5- 8- avgust kunlari Surxondaryo viloyati Termiz shahrida „Besh tashabbus“ olimpiadasi doirasida sportning Stritbol turi boʻyicha Respublika final bosqichiga boʻlib oʻtdi. Barcha viloyatlardan kelgan jamoalar oʻrtasida juda shiddatli va qizgʻin bahslar boʻlib, musobaqa yakunida 22-30 yoshlilar toifasida Surxondaryo viloyati, Qiziriq tumani yakka terak mahallasi oʻgʻil bolalar va qizlar jamoalari faxirli 1- oʻrinni egallab Respublika yo‘llanmasini qoʻlga kiritdi.
Musobaqa gʻoliblari sport vazirligi hamda Yoshlar ishlari agentligi tomonidan qimmatbaho va estalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar