Kasaba uyushmalari kunida kasaba uyushma faollari bilan muloqot
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev tashabbusi bilan 11-noyabr “Kasaba uyushmalari kuni” deb e’lon qilinib, mana to‘rt yildirki noyabr oyining o‘n birinchi sanasi Mamlakatimizda keng nishonlanib kelinmoqda. Shu munosabat bilan Respublikamiz, qolaversa viloyatimizning barcha mehnat jamoalarida bayram arafasida madaniy-ma’rifiy, sport va boshqa tadbirlar o‘tkazilib kelinmoqda.
O‘zbekiston sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tashabbusi bilan 1 noyabr kuni Surxondaryo viloyatida Respublika kengashi raisi o‘rinbosari Go‘zal Toxtaeva ishtirokida O‘zbekiston kasaba uyushmalari xarakati paydo bo‘lganligining 120 yilligi oldidan kasaba uyushma faollari va tibbiyot xodimlari bilan “Ochiq muloqoti” o‘tkazildi.
«Ochiq Muloqot»da O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Surxondaryo viloyat Kengashi raisi o‘rinbosari Qobil Babalov, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi vakili Shavkat Qodirov, viloyat kengashi raisi Muyassar Kadirova, Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Mustafo Sattorov hamda kasaba uyushma faollari, faxriylar, tibbiyot xodimlari, tashabbuskor yoshlar ishtirok etdi.
Bayram munosabati bilan kasaba uyushmalari va sog‘liqni saqlash tizimida salmoqli mehnat qilib kelayotgan bir guruh soha xodimlari faollar va yoshlar O‘zbekiston sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika va viloyat kengashining faxriy yorlig‘i, esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.11-noyabr Kasaba uyushmalari kuni kasaba uyushma faollari bilan muloqot. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev tashabbusi bilan 11-noyabr “Kasaba uyushmalari kuni” deb e’lon qilinib, mana to‘rt yildirki noyabr oyining o‘n birinchi sanasi Mamlakatimizda keng nishonlanib kelinmoqda. Shu munosabat bilan Respublikamiz, qolaversa viloyatimizning barcha mehnat jamoalarida bayram arafasida madaniy-ma’rifiy, sport va boshqa tadbirlar o‘tkazilib kelinmoqda.
O‘zbekiston sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tashabbusi bilan 1 noyabr kuni Surxondaryo viloyatida Respublika kengashi raisi o‘rinbosari Go‘zal Toxtaeva ishtirokida O‘zbekiston kasaba uyushmalari xarakati paydo bo‘lganligining 120 yilligi oldidan kasaba uyushma faollari va tibbiyot xodimlari bilan “Ochiq muloqoti” o‘tkazildi.
«Ochiq Muloqot»da O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Surxondaryo viloyat Kengashi raisi o‘rinbosari Qobil Babalov, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi vakili Shavkat Qodirov, viloyat kengashi raisi Muyassar Kadirova, Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Mustafo Sattorov hamda kasaba uyushma faollari, faxriylar, tibbiyot xodimlari, tashabbuskor yoshlar ishtirok etdi.
Bayram munosabati bilan kasaba uyushmalari va sog‘liqni saqlash tizimida salmoqli mehnat qilib kelayotgan bir guruh soha xodimlari faollar va yoshlar O‘zbekiston sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika va viloyat kengashining faxriy yorlig‘i, esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.