9-dekabr – “Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan talaba yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
Termiz davlat universitetida korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy Kengashi hamda institutning Korrupsiyaga qarshi kurashish «Komplayens nazorat» tizimini boshqarish bo‘limi bilan hamkorlikda joriy yil dekabr oyi «Antikorrupsiya haftaligi» doirasida ochiq muloqot o’tkazildi.
Davra suhbatida O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan yoshlar murabbiysi, O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi viloyat Kengashi raisi A.Axmedov, Viloyat Adliya boshqarmasi xodimi, hamda talaba yoshlar ishtirok etdi.
Davra suhbatida har bir xodim o‘z kasbi va xizmat vazifasiga halollik bilan yondashishi ta’kidlanib, ta’lim-tarbiya tizimi ochiq va shaffof tizimga aylanishi bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar belgilandi.