“Hamshira-2024” ko‘rik tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi

Surxondaryo viloyat xokimligi sog‘liqni saqlash boshqarmasi, O‘zbekiston sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasining Surxondaryo vioyati kengashi O‘zbekiston hamshiralar asatsatsiyasi Surxondaryo viloyati bo‘linmasining qo‘shma qaroriga asosan 26 aprel kuni Abu Ali Ibn Sino nomidagi Termiz tibbiyot texnikumida “Hamshira-2024” ko‘rik tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi.

  Tanlov nizomiga ko‘ra, g‘oliblarni aniqlashda nomzodlarning bilim darajalari, kasbiy malakasi, bemorlarga ko‘rsatayotgan tibbiy yordam sifati, onalik va bolalikni muhofaza qilish, aholining reproduktiv salomatligi va tibbiy madaniyatini oshirish bo‘yicha olib borayotgan ishlarining yoritilishi  asosiy ahamiyat kasb etadi.

Tanlovda Uzun tuman tibbiyot birlashmasi reanimatsiya bo‘limi xamshirasi  Qilicheva Nilufar birinchi o‘rin, Angor tuman tibbiyot birlashmasi xamshirasi Musurmonova Surayyo ikkinchi o‘rin, Termiz shaxar tibbiyot birlashmasi Ruzieva Moral  uchinchi o‘ringa sazovor bo‘lishdi. G’oliblarga tanlov tashkilotchilari tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘alar taqdim etildi.