“Iqlim o‘zgarishlarining mexnat xavfsizligi va gigienasiga ta’siri” shiori ostida davra suxbatlari o‘tkazildi

“Butunjaxon mexnatni muxofaza qilish kuni”ga bag‘ishlangan tadbirlar doirasida “Iqlim o‘zgarishlarining mexnat xavfsizligi va gigienasiga ta’siri” shiori ostida Uzun tuman ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Bo‘linmasi tizimidagi 14,49,63- umumta’lim maktablari xamda 1,5,10,28-maktabgacha ta’lim muassasalari boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkiloti raislari tomonidan mexnat jamoalarida davra suxbatlari o‘tkazildi. Davra suxbatlarida dunyo miqyosida bo‘layotgan iqlim o‘zgarishlarining inson sog‘ligiga, tabiatga ta’siri, kuzatilayotgan suv  toshqinlari natijasida yetkazilayotgan zararlar to‘g‘risida so‘z yuritildi. Ta’lim muassasalarida xodimlarga xavfsiz mexnat sharoitlari yaratish,  kasb kasalligini oldini olish xaqida ta’kidlab o‘tildi.