So‘ngi yillarda mamlakatimizda xotin-qizlar mavqeini oshirish, jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda faol ishtirok etishini ta’minlash, xotin-qizlarni ijtimoiy-huquqiy jihatdan qo‘llab quvvatlash borasida keng qo‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Xususan davlat xizmati sohasida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash maqsadida davlat organlari hamda tashkilotlarida genderga oid auditlarni o‘tkazishning huquqiy asoslari yaratildi, bir qator me’yoriy huquqiy hujatlar qabul qilindi va takomillashtirildi.
Jumladan, 2019 yil 02 sentyabrd kuni O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi.
2022 yil 15 dekabr kuni “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqida” O‘RQ-809-son Qonun qabul qilindi va ushbu qonun bilan “Genderga oid audit” to‘g‘risda yangi mexanizm kiritilib, maxsus normalar bilan uning asosiy vazifalari, genderga oid auditni o‘tkazish hamda uning natijalarini ko‘rib chiqish tartibi mustahkamlandi.
Genderga oid auditni o‘tkazish vazifasi O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasiga yuklatilgan bo‘lib, tasdiqlangan uch yillik rejaga asosan davlat organlari va tashkilotlarida jamoatchilik nazorati doirasida o‘tkazilishi belgilandi.
Genderga oid audit, asosan mehnat munosabatlarini, tashkilotlarda xotin-qizlar va erkaklar uchun yaratilgan imkoniyatlarni, mehnat sharoitlarining tengligini, kadrlar siyosatini o‘rganishga yo‘naltirilgan bo‘lib, xodimlarning manfaatini himoya qilish bilan shug‘ullanuvchi kasaba uyushmalarning faoliyatiga mos keladi.
“Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunining 8-2-moddasiga ko‘raGenderga oid uditni o‘tkazish vazifasi O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasiga yuklatilgan bo‘lib, mazkur qonuning ijrosini ta’minlash maqsadida Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha respublika komissiyasining 2023 yil 21 iyuldagi №6-sonli bayonnomasiga ko‘ra genderga oid auditni o‘tkazish uslubiyati va genderga oid auditni o‘tkazish bo‘yicha uch yillik reja tasdiqlandi
Tasdiqlangan rejaga ko‘ra 2024 yil birinchi choragida O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligi va uning tuzilmaviy tashkilotlari va qo‘yi tuzilmalarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Mazkur auditni bajarish uchun O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Surxondaryo viloyat kengashi ijroiya qo‘mitasining 2023 yil 09 oktyabrdagi №R-16/4-sonli qaroriga ko‘ra turli tashkilotlar tarkibidan ishchi guruh tashkil qilindi.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining 2024 yil 06fevraldagi №ISh-17/199-sonli xatiga ko‘ra joriy yilning 07 fevraldan boshlab ishchi guruhi tomonidan Surxondaryo viloyat Transport boshqarmasida genderga oid audit o‘tkazib kelinmoqda.
2024 yil 26 fevral kuni Surxondaryo viloyat Transport boshqarmasi xodimlari ishtirokida genderga oid audit bo‘yicha o‘quv seminar o‘tkakzildi.