Yoz-o‘tmoqda soz

Yoz fasli, ayniqsa, bolajonlarimiz uchun o‘zgacha shodlik va shukuh olib keladi, bu faslda ular sog‘lomlashtirish oromgohlarida dam olishadi.

Ayni kunlarda 40 nafar Angorlik bolajonlar ham sog‘lomlashtirish oromgohlarida dam olishmoqda. Xususan, Sherobod tumanida joylashgan “Vandob beshbuloq” sog‘lomlashtirish oromgohida 20 nafar bolajonlar sog‘lomlashtirilmoqda.

Oromgohda dam olishning 1-bosqichi yakunlanishi munosabati bilan tadbir tashkil qilindi.

Marosimda bolajonlar Ona Vatanni madh etuvchi qo‘shiq va raqslar namoyish etishdi.

O‘tkazilgan tadbir nihoyasida faol ishtirok etgan bolalarga sovg‘alar topshirildi.

SURXONDARYODA OROMGOHLAR FAOLIYATINI BOSHLADI

Umumta’lim maktablarida o’quv yili yakunlanishi bilan bolalar vaqtlarini mazmunli o’tkazish maqsadida yozgi oromgohlarga yo’l olishadi. Ayni shu maqsadda erta tongdan ota-onalar, bolalar va ma’sul idora vakillari Termiz shahrida joylashgan “Bolajon” bog’i yonida jam bo’lishdi.

     Joriy yilda Surxondaryo viloyatida 9 ta statsionar oromgohlarda 5 navbatda 7 220 nafar bolalarni dam oldirish rejalashtirilgan. Shundan birinchi navbatda 1 750 nafar bolalar yuqori kayfiyatda, tegishli ma’sullar nazorati ostida oromgohlarga yo’l olishdi.