Taqdirlash marosimi o’tkazildi

Bugun O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Surxondaryo viloyat Kengashining faollar zalida “Eng namunali boshlang’ich tashkilot” ko’rik tanlovi g’oliblarini taqdirlash tadbiri bo’lib o’tdi.Tadbirda Angor tumani 1-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi boshlang’ich kasaba uyushma qo’mitasi g’oliblikni qo’lga kiritishga muyassar bo’ldi.