Yoz-o‘tmoqda soz

Yoz fasli, ayniqsa, bolajonlarimiz uchun o‘zgacha shodlik va shukuh olib keladi, bu faslda ular sog‘lomlashtirish oromgohlarida dam olishadi.

Ayni kunlarda 40 nafar Angorlik bolajonlar ham sog‘lomlashtirish oromgohlarida dam olishmoqda. Xususan, Sherobod tumanida joylashgan “Vandob beshbuloq” sog‘lomlashtirish oromgohida 20 nafar bolajonlar sog‘lomlashtirilmoqda.

Oromgohda dam olishning 1-bosqichi yakunlanishi munosabati bilan tadbir tashkil qilindi.

Marosimda bolajonlar Ona Vatanni madh etuvchi qo‘shiq va raqslar namoyish etishdi.

O‘tkazilgan tadbir nihoyasida faol ishtirok etgan bolalarga sovg‘alar topshirildi.

Print Friendly, PDF & Email