Hamkorlik sari….
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son Farmoni bilan tasdiqlangan “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi”da belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan xalqaro miqyosda kasaba uyushmalari bilan har tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilib kelinmoqda.
Xususan, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi hamda Tojikiston mustaqil kasaba uyushmalari Federatsiyasi o‘rtasida kelishuv shartnomasining imzolanishi, ikki tomonlama tuzilgan hamkorlik Memorandumining tasdiqlanishi va shu asosda yo‘l haritalari ishlab chiqilib, ijroga yo‘naltirilishi ham buning yorqin dalilidir.
Hamkorlik Memorandumida belgilangan vazifalarning to‘laqonli ijrosini ta’minlash hamda qo‘shni davlatlar kasaba uyushmalari bilan o‘zaro tajriba almashish amaliyotini muntazam yo‘lga qo‘yish maqsadida, ikki mamlakat Respublika kengashlari tomonidan joriy yil boshida 2024 yilga mo‘ljalangan yo‘l xaritasi tasdiqlandi.
Yo‘l haritasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, tarmoq kasaba uyushmalari faoliyati bilan yaqindan tanishish va tajriba almashish maqsadida Surxondaryo viloyati delegatsiyasi joriy yil 12-14 sentyabr kunlari Tojikiston Respublikasining Xatlon viloyatida bo‘ladi.
Erta tongda Termiz shahridan jo‘nab ketgan delegatsiya a’zolari Xatlon viloyati chegara nazorat punktida mezbonlar tomnidan tantanali kutib olindi.