“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida “Sog‘lom tanda — sifatli tibbiyot” shiori ostida sport musobaqalarining viloyat bosqichi yuqori saviyada o‘tkazildi
Muzrabot tumani tibbiyot birlashmasi sportda yetakchi deb topildi. “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida “Sog‘lom tanda — sifatli tibbiyot” shiori ostida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kubogi uchun tashkil etilgan sport musobaqalarining viloyat bosqichi yuqori saviyada o‘tkazildi.
Mazkur musobaqalarda Muzrabot tumani tibbiyot birlashmasi jamoasi munosib ishtirok etib, quyidagi natijalarga erishdi:
1-o‘rin — Muzrabot tumani tibbiyot birlashmasi;
2-o‘rin — Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi (yoki Tez tibbiy yordam markazi) Surxondaryo filiali;
3-o‘rin — Sho‘rchi tumani tibbiyot birlashmasi.
Yuqori natijalar evaziga Muzrabot tumani tibbiyot birlashmasi viloyat miqyosida “Eng yaxshi tuman tibbiyot birlashmasi” deb e’tirof etilib, 30 million so‘mlik vaucher bilan taqdirlandi. Shuningdek, 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan voleybolchi ayollar jamoasi viloyat kasaba uyushmalari tomonidan rag‘batlantirilib, joriy yil may oyi boshida Samarqand, Buxoro, Xorazm viloyatlari hamda Zomin tumaniga sayohat yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.
Mazkur yutuqlar tibbiyot xodimlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, jismoniy faollikni oshirish va sportga bo‘lgan qiziqishni yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.