Uzun tumanida “Vazir kubogi” sport musobaqalari bo‘lib o‘tdi

30-aprel kuni Uzun tumanida ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan ayol xodimlar o‘rtasida voleybol bo‘yicha “Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri kubogi” musobaqasining tuman bosqichi o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-iyuldagi PQ-274-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan mazkur tadbir yuqori saviyada tashkil etildi. Sport bahslarida tumandagi maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlaridan jami 52 ta eng kuchli jamoa o‘zaro bellashdi.

Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslar yakuniga ko‘ra quyidagi jamoalar g‘oliblikni qo‘lga kiritdi:

  • 🥇 1-o‘rin: 24-sonli maktab jamoasi;
  • 🥈 2-o‘rin: 27-sonli maktab jamoasi;
  • 🥉 3-o‘rin: 38 va 12-sonli maktab jamoalari.

G‘olib jamoalar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandilar va musobaqaning viloyat bosqichiga yo‘llanma oldilar.

Ayol ustozlar o‘rtasida “Vazir kubogi” musobaqasining tuman bosqichi o‘tkazildi

Bugun, 30-aprel kuni Angor tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan ayol xodimlar o‘rtasida voleybol bo‘yicha “Vazir kubogi” musobaqasining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tumandagi Sport maktabida yuqori saviyada tashkil etilgan ushbu bellashuvda maktab va maktabgacha ta’lim muassasalarining ustoz hamda tarbiyachilari ishtirok etishdi.

Ishtirokchilar sportga bo‘lgan qiziqishlari, jamoaviy hamjihatlik va yuqori mahoratlarini namoyon etdilar. Qizg‘in kechgan bahslarning yakuniy natijalari quyidagicha ko‘rinish oldi:

🥇 1-o‘rin – 37-maktab jamoasi;
🥈 2-o‘rin – 33-maktab jamoasi;
🥉 3-o‘rin – 5-maktab jamoasi.

G‘olib va sovrindor jamoalar tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hamda Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi tuman bo‘linmasi tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.