“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida sport musobaqasi o‘tkazildi

“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumta’lim muassasalari o‘qituvchilari o‘rtasida “Sog‘lom tanda — sifatli ta’lim” shiori ostida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kubogi uchun sport musobaqasining Uzun tumani bosqichi o‘tkazildi.

“Turon” o‘yingohida tashkil etilgan mazkur musobaqada o‘qituvchilar jamoalari faol ishtirok etib, sportning turli yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zaro kuch sinashdilar. Bellashuvlar do‘stona ruh, sog‘lom raqobat va yuqori kayfiyatda o‘tdi.

Musobaqaning asosiy maqsadi pedagog xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, ularning jismoniy faolligini oshirish hamda jamoalarda hamjihatlikni mustahkamlashdan iborat bo‘ldi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, g‘olib va sovrindor jamoalar munosib taqdirlandi.