Boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlarida hisobot-saylov konferensiyalarini o‘tkazish bo‘yicha o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 10 yanvar kuni O‘zbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Surxondaryo viloyati bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi J.Xolmurodov raisligida tarmoqning tuman (shahar) kengashlari hamda boshlang‘ich kasaba uyushma tashkiloti raislari ishtirokida “Boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlarida hisobot-saylov konferensiyalarini o‘tkazish” mavzusida amaliy o‘quv-seminar tashkil etildi.

O‘quv seminarda O‘zbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining bosh hisobchisi Egamberdiev Toxir Berdiyorovich, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Surxondaryo viloyati Kengashi raisi Axmedov Abdukarim Abduraxmonovich hamda viloyatdagi tarmoq tizimiga a’zo 65 ta yirik korxona, tashkilotlarning boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilot qo‘mita raislari ishtirok etdi.

O‘quv-seminarida boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlari rahbarlaridan hisobot-saylov konferensiyalariga puxta tayyorgarlik ko‘rishni, ushbu masalaga mas’uliyat bilan yondoshishni, konferensiyalar O‘zbekiston Respublikasining “Kasaba uyushmalari to‘g‘risida”gi Qonuni, Federatsiya va tarmoq kasaba uyushmalari ustavlari, tizimda amalda bo‘lgan me’yoriy hujjatlarga qat’iy rioya etgan holda o‘tkazilishini ta’minlashni, hisobot-saylov konferensiyasini o‘tkazish bilan bog‘liq hujjatlarni o‘rnatilgan tartibda to‘g‘ri rasmiylashtirishi bo‘yicha zaruriy ma’lumotlar berib o‘tildi.

Shuningdek, seminarda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining viloyat Kengashining Tashkiliy ishlar bo‘limi mudiri B.M.Muxammadiev seminar ishtirokchilar tomonidan hisobot-saylov konferensiyalari va yig‘ilishlariga oid masalalar bo‘yicha berilgan savollarga batafsil tushintirish berib o‘tdi.

Muzrabot tumani Mudofaa ishlari bo‘limida “Armiya-hayot maktabi” shiori ostida yoshlar ishtirokida tadbir bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba ushmasi Surxondaryo viloyat Kengashi tizimidagi Muzrabot tumani Mudofaa ishlari bo‘limida  “Armiya-hayot maktabi” shiori ostida yoshlar ishtirokida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Yosh avlod qalbida harbiy vatanparvarlik va insoniylik tuyg‘ularini shakllantirib, xalq va armiya yakdilligini yanada mustahkamlashga yo‘naltirilgan tadbirda Qurolli Kuchlarimizda amalga oshirilayotgan islohotlar tinch, osuda, to‘kin hayotimizni ta’minlashga xizmat qilayotgani alohida ta’kidlandi.

Zamonaviy texnika va qurol-aslahalar mamlakatimiz mustaqilligi, hududiy yaxlitligi, barqaror rivojlanishi va xalqimiz tinchligini ishonchli himoya qilishda muhim omil bo‘layotgani qayd etildi. Tadbirning ahamiyati va mohiyati haqida fikr almashildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tadbir davomida yoshlarning qiziqtirgan savollariga javob berildi.

“Armiya-hayot maktabi” shiori ostida tadbir bo‘lib o‘tdi

O’zbekiston Davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Surxondaryo viloyat Kengashi tizimidagi Qiziriq tuman Mudofaa ishlari bo’limida “Armiya-hayot maktabi” shiori ostida yoshlar ishtirokida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Yosh avlod qalbida harbiy vatanparvarlik va insoniylik tuyg‘ularini shakllantirib, xalq va armiya yakdilligini yanada mustahkamlashga yo‘naltirilgan tadbirda Qurolli Kuchlarimizda amalga oshirilayotgan islohotlar tinch, osuda, to‘kin hayotimizni ta’minlashga xizmat qilayotgani alohida ta’kidlandi.

Zamonaviy texnika va qurol-aslahalar mamlakatimiz mustaqilligi, hududiy yaxlitligi, barqaror rivojlanishi va xalqimiz tinchligini ishonchli himoya qilishda muhim omil bo‘layotgani qayd etildi. Tadbirning ahamiyati va mohiyati haqida fikr almashildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tadbir davomida yoshlarning qiziqtirgan savollariga javob berildi.

Musobaqa o‘tkazildi

O‘zbekiston Davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Surxondaryo viloyat Kengashi tizimdagi Surxondaryo viloyatidagi Milliy gvardiya Qorabayir otlari mahorat maktabi hamda Chavandozlar maktabi hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi va 14 yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Xalq va armiya – bir tanu bir jon!” shiori ostida ot sportining to‘siqlardan sakrash turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.