“AYOLLAR DAFTARI” 6-BOSQICHINING XATLOVI OLDIDAN

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 31 martdagi “Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 145-sonli qarori, 2024 yil 10 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi faoliyati hamda «Ayollar daftari» bilan ishlash tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi №833 sonli qarori hamda 2024 yilning 17 dekabr kuni “Xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha o‘tkazilgan Respublika komissiyasining kengaytirilgan videoselektor yig‘ilishi”da berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Surxondaryo viloyati kengashida 2025 yilning 6 yanvaridan boshlanayotgan “Ayollar daftari” 6-bosqichining xatlovi oldidan viloyat shtabining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda viloyat shtabiga biriktirilgan viloyat tashkilotlari mas’ullari, tijorat banklari, mahalla yettiligining viloyat tashkiloti xodimlari Respublikadan biriktirilgan vakil Qodirov Shavkat Jumabaevich, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Surxondaryo viloyat kengashi raisi A.Axmedov, rais o‘rinbosari Q.Bobolovlar ishtirok etdilar.

Yig‘ilishda “Ayollar daftari”ning 6 bosqichiga kiritiladigan xotin-qizlarni xatlovdan o‘tkazishda e’tibor qaratiladigan jixatlarga atroflicha to‘xtalib o‘tildi.

Shuningdek, yig‘ilish davomida “Ayollar daftari”ga doir barcha masalalar ko‘rib chiqilib, 2024 yil davomida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni takrorlamaslik, xatlov jarayonini sifatli tashkil etish, hech bir ijtimoiy himoyaga muhtoj ayol qolib ketmasligi to‘g‘risida tushuntirish berildi.

Yig‘ilish yakunida faollar va hamkor tashkilotlar tomonidan savollarga to‘la javob berildi.

XOTIN-QIZLAR TADBIRKORLIGI YO‘LIDA…

So‘ngi yillarda xotin-qizlar va yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning turmush sharoitlarini yaxshilash, hayot farovonligini oshirish, kasbga yo‘naltirish va yangi ishchi o‘rinlar yaratish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Joriy yil 24 dekabr kuni Termiz shahrida “Kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishda xalqaro moliya institutlari va tijorat banklarining o‘rni” masalasiga bag‘ishlangan “Davra suhbati” bo‘lib o‘tdi.

“Davra suhbati” ishtirokchilari berilayotgan imkoniyat va imtiyozlardan samarali foydalanish uchun ishsiz xotin-qizlar va yoshlarning salohiyatini kuchaytirish, bunda O‘zbekiston “Agrar soha ayollari” uyushmasi tomonidan respublikaning barcha hududlarida qishloq xo‘jaligining eng dolzarb yo‘nalishlari bo‘yicha tashkil etiladigan o‘quv seminarlarining ahamiyatini ta’kidladilar. Shuningdek, xotin-qizlar va yoshlarni qishloq xo‘jaligida kichik va o‘rta biznesga jalb etishda biznesni tashkil etish, moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish masalalari ham keng muhokama etildi.

9-dekabr – “Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan talaba yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

Termiz davlat universitetida  korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy Kengashi hamda institutning Korrupsiyaga qarshi kurashish «Komplayens nazorat» tizimini boshqarish bo‘limi bilan hamkorlikda joriy yil dekabr oyi «Antikorrupsiya haftaligi» doirasida ochiq muloqot  o’tkazildi.

Davra suhbatida O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan yoshlar murabbiysi,  O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi viloyat Kengashi raisi A.Axmedov, Viloyat Adliya boshqarmasi xodimi,  hamda talaba yoshlar ishtirok etdi.

Davra suhbatida har bir xodim o‘z kasbi va xizmat vazifasiga halollik bilan yondashishi ta’kidlanib, ta’lim-tarbiya tizimi ochiq va shaffof tizimga aylanishi bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar belgilandi.