Jamoa shartnomasi hisobot-saylov Konferensiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

2025 yil 28 fevral kuni O‘zbekiston Tadbirkorlik, biznes va xizmat ko‘rsatish sohalari xodimlari kasaba uyushmasi Surxondaryo viloyat birlashgan qo‘mitasi tizimidagi Sariosiyo tuman obodonlashtirish boshqarmasida Jamoa shartnomasi bandlarining 2024 yilda bajarilishi va hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 

Yig‘ilish davomida ish beruvchi va kasaba uyushmasi qo‘mitasi hisobotlari tinglanib jamoa shartnomasi bandlarining 2024 yilda bajarilishi kasaba uyushma a’zolari tomonidan qoniqarli deb topildi.

      Shuningdek,  Hisobot-saylov Konferensiya yig‘ilishida kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisining 2020 yil fevral oyidan 2025 yil fevral oyi davrida olib borilgan ishlari yuzasidan hisoboti tinglanib, yig‘ilish qatnashchilariga so‘ngi yillarda kasaba uyushmalari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar hamda bu yil O‘zbekiston Kasaba uyushmalari xarakatining 120 yilligi keng nishonlanishi xaqida ma’lumot berildi.

Xisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 27 fevral kuni Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tizimidagi Qumqo‘rg‘on agrotexnologiyalar texnikumida jamoa shartnomasining 2024 yil ijrosi va 2020-2025 yillarda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan xisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasidan Surxondaryo viloyatiga biriktirilgan vakil Qodirov Shavkat Jumaboevich, Surxondaryo viloyati kengashi raisi o‘rinbosari Bobolov Qobil Abdievich, Surxondaryo viloyati bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi Xolmurodov Jovli Norboevich hamda 70 nafar kasaba uyushma a’zolari ishtirok etishdi.  O‘zbekiston kasaba uyushmalarining 120 yilligiga bag‘ishlab texnikumda ko‘chat ekish, shashka va shaxmat, stol tennisi hamda ko‘rgazmali seminar tadbirlari tashkil qilindi va g‘oliblar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Hisobot saylov yig‘ilishi o‘tkazildi

2025-yil 25-fevral kuni “Surxon tongi” gazetasi tahririyatida 2023-2025-yillarga mo‘ljallab tuzilgan jamoa shartnomasini 2024-yil yakuni ko‘rib chiqildi. Boshlang‘ich kasaba uyushmasi raisi D.Vohidovadan jamoa shartnomasi bajarilish hisobotlari tinglandi va yig‘ilish ishtirokchilari bir ovozdan hisobotni ma’qullashdi.

2025-yil uchun jamoa shartnomasiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar qabul qilindi. Shuningdek, tahririyatning hisobot saylov yig‘ilishi o‘tkazildi. Boshlang‘ich kasaba uyushmasi raisligiga D.Vohidova qayta saylandi.

Hisobot-saylovi hamda Jamoa shartnomasi bajarilishi bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 24 fevral kuni O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Surxondaryo viloyat Kengashi tarmog‘i tizimidagi Respublika Inkassatsiya xizmati Surxondaryo viloyat boshqarmasida 2023-2025 yillar uchun imzolangan Jamoa shartnomasining 2024 yilda bajarilishi yuzasidan yig‘ilishi hamda “O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi kasaba uyushmalari tashkilotlarida hisobot-saylovlarni o‘tkazish to‘g‘risida”gi Nizom asosida Hisobot-saylov yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilishda 2023-2025 yillar uchun imzolangan Jamoa shartnomasining 2024 yilda bajarilishi bo‘yicha Ish beruvchi hamda kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisobotlari tinglandi va yig‘ilish ishtirokchilari tomonidan qoniqarli deb topildi.

Yig‘ilish davomida kasaba uyushmalari xarakatiga 120 yil to‘lishi munosabati bilan ma’lumotlar ham berildi.

Hisobot saylov yig‘ilishida qo‘mitaning 5 yillik faoliyati yuzasidan ma’ruzalar tinglandi hamda qoniqarli deb topildi. Yig‘ilish davomida kasaba uyushmasi qo‘mitasi yangi raisi va a’zolari saylandi hamda kelgusi 5 yillik uchun vazifalar belgilab olindi.

Jamoa shartnomasi ijrosi muhokamalari yig‘ilishi hamda Hisobot-saylov va kelgusi rejalar!

2025 yilning 24 fevral kuni O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Surxondaryo viloyat Kengashi tarmog‘iga tizimidagi Denov tumani kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda 2023-2025 yillarga mo‘ljallangan Jamoa shartnomasining 2024 yilda bajarilishi muhokama qilinib, ish beruvchi va kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotlar tinglandi. Yig‘ilish ishtirokchilari shartnoma ijrosini qoniqarli deb baholadilar.

Shuningdek, kasaba uyushmalari tashkilotlarida hisobot-saylovlarni o‘tkazish tartibiga muvofiq, qo‘mitaning 5 yillik faoliyati tahlil qilindi. Yig‘ilish davomida tashkilot faoliyatining samaradorligi va ishchilar manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha olib borilgan ishlarga e’tibor qaratildi. Ishtirokchilar tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi va a’zolari qayta saylanib, kelgusi 5 yillik uchun ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Jamoa shartnomalarining bajarilishi yuzasidan umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 24 fevral kuni Uzun tumanidagi 29 va 30- maktablarda 2023-2025 yillarga mo‘ljallab tuzilgan jamoa shartnomalarining 2024 yilda bajarilishi yuzasidan kasaba uyushmasi umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda maktab direktorlari, boshlang‘ich kasaba uyushmalari qo‘mitasi raislarining xisobotlari hamda jamoa shartnomalari bajarilishini nazorat qiluvchi komissiyaning hisobotlari tinglandi va 2024 yilda jamoa shartnomalari bandlari bajarilishi qonikarli deb topildi. Yig‘ilish davomida tuman konferensiyasiga delegatlar saylandi. Kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul kilindi.

SUZISH FEDERATSIYASI RAISI VILOYATDAGI SUZISH XAVZALARINING XOLATI BILAN TANISHDI

Yurtimizda yoshlarning suv sporti turlariga bo‘lgan qiziqishi hamda suv sporti turlari ommaviyligini oshirish, bu orqali iqtidorli sportchilarni aniqlash, tanlash, saralash (seleksiya) va maqsadli tayyorlash tizimini takomillashtirish, ushbu sohada malakali mutaxassislar va hakamlar tayyorlash orqali milliy terma jamoalarimizning nufuzli sport musobaqalarida yuqori natijalarga erishishini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan suv sportining moddiy-texnik bazasini yaxshilash borasida qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Viloyat suzish federatsiyasi raisi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasining Surxondaryo viloyati kengashi raisi Axmedov Abdukarim Abduraxmonovich bugun viloyatimizda suzish sport turiga ixtisoslashtirilgan ob’ektlarga tashrif buyurdi.

Tashriflar davomida suzish majmualarida faoliyat olib borayotgan murabbiylar hamda mazkur sport turi bilan shug‘ullanib kelayotgan yoshlar bilan yaqindan muloqot olib bordi.

Jamoa shartnomasi bajarilishi xisobotlari tinglandi

Joriy yilning 18 fevral kuni Muzrabot tuman Sport maktabida 2023-2025 yillarga mo‘ljallab tuzilgan jamoa shartnomasi 2024 yil yakuni ko‘rib chiqildi. Boshlang‘ich kasaba uyushmasi raisi S.Axmedov tomonidan jamoa shartnomasi bajarilishi xisobotlari tinglandi va xisobot yig‘ilish ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan maqullanib, 2025 yil uchun jamoa shartnomasiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar qabul qilindi. Shuningdek Sport maktabining xisobot saylov yig‘ilishi o‘tkazildi. Boshlang‘ich kasaba uyushmasi raisligiga bir ovozdan S. Axmedov qayta saylandi.

Hisobot-saylov yig‘ilishi o‘tkazildi

Joriy yilning 11 fevral kuni O‘zbekiston Davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Surxondaryo viloyat Kengashi tarmog‘i tizimidagi Jarqo‘rg‘on tuman hokimligida 2023-2025 yillar uchun imzolangan Jamoa shartnomasining 2024 yilda bajarilishi hamda Hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Surxondaryo viloyat Kengashi raisi N.Ximmatova  ishtirok etdi.

Yig‘ilishlarning kun tartibiga ko‘ra,

 Ish beruvchi va kasaba uyushma qo‘mitasi raisining 2024 yildagi faoliyati yuzasidan ma’ruzalari tinglandi.

 Jamoa shartnomasining ijrosi bo‘yicha hisobot berildi.

 Hisobot-saylov yig‘ilishi  o‘tkazildi.

Ma’ruzalarda xodimlarning ijtimoiy himoyasi, mehnat sharoitlarini yaxshilash, kasaba uyushmasining tashabbuslari va kelgusi rejalar haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, kasaba uyushmasining tashkilotdagi o‘rni va ahamiyati borasida fikrlar bildirildi.

Yig‘ilishda ishtirokchilar o‘zlarining fikr va takliflarini bildirib, ish samaradorligini oshirish, mehnat sharoitlarini yaxshilash, ijtimoiy himoya mexanizmlarini mustahkamlash bo‘yicha takliflar kiritdilar.

Yig‘ilish yakunida kun tartibiga qo‘yilgan barcha masalalar muhokama qilinib, tegishli qarorlar qabul qilindi. Kasaba uyushma qo‘mitasi raisi hamda a’zolari qayta saylandi. Shu bilan birga, kasaba uyushmasining 2025 yil uchun ustuvor vazifalari belgilab olindi.

Bu yig‘ilish xodimlarning manfaatlarini himoya qilish, ularning mehnat huquqlarini ta’minlash va kasaba uyushmasining nufuzini oshirishda muhim qadam bo‘ldi.