Jamoa Kelishuvining 2024 yil yakuniga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

2025 yil 27 yanvar kuni Uzun tuman Maktabgacha va maktab bo‘limi faollar zalida O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi bo‘linmasi kengashi bilan tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi o‘rtasida 2023-2025 yillarga tuzilgan Jamoa Kelishuvining 2024 yil yakuniga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Uzun tuman Maktabgacha ta’lim bo‘lim boshlig‘i B. Abdurashidov xamda tuman bo‘linmasi raisi Z.Sheralievlarning xisobatlari tinglandi. 2023-2025 yillarga tuzilgan Jamoa kelishuviga 2025 yil uchun qo‘shimcha va o‘zgartirishlar qabul qilindi. Shuningdek, boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkilot raislari uchun «Boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkilotlarida xisobat saylov yig‘ilishlarini o‘tkazish va rasmiylashtirish» mavzusida o‘quv seminari o‘tkazildi. Yig‘ilish ishtirokchilariga » O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi kasaba uyushmalari tashkilotlarida xisobat saylovlarni o‘tkazish to‘g‘risidagi Nizom»  talablari asosida xisobat saylovlarni o‘tkazish tartibi, nomzodlarni saylash tartibi, xujjatlarni rasmiylashtirish, komissiya a’zolarining vazifalari xamda dublyorlar xaqida batafsil ma’lumot va tushuntirishlar berildi.

Diplom muborak

O‘zbekiston Tadbirkorlik, biznes va xizmat ko‘rsatish sohalari xodimlari kasaba uyushmasi Surxondaryo viloyat birlashgan qo‘mitasi tarkibida bo‘lgan Oltinsoy tuman obodonlashtirish boshqarmasi boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkiloti “Markaziy osiyo mamlakatlari kasaba uyushmalari Kengashi tashabbusi bilan o‘tkazilgan “Eng yaxshi ijtimoiy sherik” tanlovining viloyat bosqichida I-o‘rinni egallagan Soatova Feruza Erkinovna  I-darajali Diplom bilan taqdirlandi.

14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi.

O‘zbekiston Dalat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Surxondaryo viloyat Kengashi tarmog‘i tizimidagi Surxondaryo viloyati Mudofaa ishlari boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 33 yilligi, hamda 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda Janubiy-G‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘mondoni general-mayor F. Shermatovning bayram tabrigi o‘qib eshittirildi. Shuningdek, Surxondaryo viloyati Mudofaa ishlari boshqarmasi boshlig‘i I.Qambarov yil yakunlarini sarhisob qilib, faoliyati davomida yuqori natijalarga erishgan xodimlarni o‘z farmoyishi asosida pul mukofoti bilan taqdirladi.

O‘zbekiston Davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Surxondaryo viloyat Kengashi raisi N.Himmatova ham tadbirda so‘zga chiqib, barcha tadbir ishtirokchilarini bayram munosabati bilan tabrikladi.

Shuningdek, tadbir yakunida esdalik sovg‘alari Surxondaryo viloyat hokimligi, Mudofaa ishlari boshqarmasi boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitasi va O‘zbekiston Davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Surxondaryo viloyat Kengashi tomonidan topshirildi.

Tadbir milliy xavfsizlikni ta’minlashda armiyaning muhim o‘rnini yanada yorqin namoyon qildi va faxr tuyg‘usini mustahkamladi

«Vatan orim, Vatan iymonim» mavzusida bayram tadbiri o‘tkazildi

O‘zbekiston Davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Surxondaryo viloyat Kengashi tarmog‘i tizimidagi Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida 2024 yil 13 yanvar kuni  O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33 yilligi hamda «Vatan himoyachilari kuni» munosabati bilan «Vatan orim, Vatan iymonim» mavzusida bayram tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda viloyat baynalminal jangchilar uyushmasi a’zolari va markaz jamoasi faol ishtirok etdilar.

Tadbirning ochilish marosimida markaz direktori I. Mamarajabov so‘zga chiqib, barcha ishtirokchilarni bayram bilan chin dildan qutladi. U o‘z nutqida Vatanga sadoqat va fidoyilik mavzusini yoritib, hozirgi tinchlik va osoyishtalikning qadri haqida gapirib o‘tdi .

Shuningdek, markaz boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi O. Tadjiev tomonidan tadbir qatnashchilariga esdalik sovg‘alar tantanali ravishda topshirildi. Sovg‘alar bayramga qo‘shilgan quvonchni yanada orttirdi.

Tadbir samimiy va ko‘tarinki kayfiyatda o‘tdi. Ishtirokchilar bayram doirasida o‘zaro fikr almashib, bayramning har bir daqiqasidan bahra oldilar. Tadbir ishtirokchilari uning ta’sirli va esda qolarli bo‘lganini ta’kidlab, tashkilotchilarga o‘z minnatdorliklarini bildirdi.

Vatan ximoyachilari e’tiborda

Muzrabot tuman «Sapollitepa»maxallasida istiqomat qilgan Alibekov Ulug‘bek va «Yo‘lchi» mahallasida istiqomat qilgan Qo‘ldoshev Ziyodullolar yashagan xonadonga Surxondaryo viloyati kasaba uyushmalari Kengashi vakili A.Bo‘riev va Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasining Muzrabot tuman bo‘linmasi raisi L.Musaevlar 14 yanvar «Vatan ximoyachilari kuni» bayrami munosabati bilan  Vatan ximoyachilari bo‘lgan Alibekov Ulug‘bek va Qo‘ldoshev Ziyodullolarni xonadonida bo‘lib onalariga Kengash tomonidan berilgan sovg‘alarni topshirib bayram bilan tabriklashdi.

Boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlarida hisobot-saylov konferensiyalarini o‘tkazish bo‘yicha o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 10 yanvar kuni O‘zbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Surxondaryo viloyati bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi J.Xolmurodov raisligida tarmoqning tuman (shahar) kengashlari hamda boshlang‘ich kasaba uyushma tashkiloti raislari ishtirokida “Boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlarida hisobot-saylov konferensiyalarini o‘tkazish” mavzusida amaliy o‘quv-seminar tashkil etildi.

O‘quv seminarda O‘zbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining bosh hisobchisi Egamberdiev Toxir Berdiyorovich, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Surxondaryo viloyati Kengashi raisi Axmedov Abdukarim Abduraxmonovich hamda viloyatdagi tarmoq tizimiga a’zo 65 ta yirik korxona, tashkilotlarning boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilot qo‘mita raislari ishtirok etdi.

O‘quv-seminarida boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlari rahbarlaridan hisobot-saylov konferensiyalariga puxta tayyorgarlik ko‘rishni, ushbu masalaga mas’uliyat bilan yondoshishni, konferensiyalar O‘zbekiston Respublikasining “Kasaba uyushmalari to‘g‘risida”gi Qonuni, Federatsiya va tarmoq kasaba uyushmalari ustavlari, tizimda amalda bo‘lgan me’yoriy hujjatlarga qat’iy rioya etgan holda o‘tkazilishini ta’minlashni, hisobot-saylov konferensiyasini o‘tkazish bilan bog‘liq hujjatlarni o‘rnatilgan tartibda to‘g‘ri rasmiylashtirishi bo‘yicha zaruriy ma’lumotlar berib o‘tildi.

Shuningdek, seminarda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining viloyat Kengashining Tashkiliy ishlar bo‘limi mudiri B.M.Muxammadiev seminar ishtirokchilar tomonidan hisobot-saylov konferensiyalari va yig‘ilishlariga oid masalalar bo‘yicha berilgan savollarga batafsil tushintirish berib o‘tdi.

Muzrabot tumani Mudofaa ishlari bo‘limida “Armiya-hayot maktabi” shiori ostida yoshlar ishtirokida tadbir bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba ushmasi Surxondaryo viloyat Kengashi tizimidagi Muzrabot tumani Mudofaa ishlari bo‘limida  “Armiya-hayot maktabi” shiori ostida yoshlar ishtirokida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Yosh avlod qalbida harbiy vatanparvarlik va insoniylik tuyg‘ularini shakllantirib, xalq va armiya yakdilligini yanada mustahkamlashga yo‘naltirilgan tadbirda Qurolli Kuchlarimizda amalga oshirilayotgan islohotlar tinch, osuda, to‘kin hayotimizni ta’minlashga xizmat qilayotgani alohida ta’kidlandi.

Zamonaviy texnika va qurol-aslahalar mamlakatimiz mustaqilligi, hududiy yaxlitligi, barqaror rivojlanishi va xalqimiz tinchligini ishonchli himoya qilishda muhim omil bo‘layotgani qayd etildi. Tadbirning ahamiyati va mohiyati haqida fikr almashildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tadbir davomida yoshlarning qiziqtirgan savollariga javob berildi.

“Armiya-hayot maktabi” shiori ostida tadbir bo‘lib o‘tdi

O’zbekiston Davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Surxondaryo viloyat Kengashi tizimidagi Qiziriq tuman Mudofaa ishlari bo’limida “Armiya-hayot maktabi” shiori ostida yoshlar ishtirokida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Yosh avlod qalbida harbiy vatanparvarlik va insoniylik tuyg‘ularini shakllantirib, xalq va armiya yakdilligini yanada mustahkamlashga yo‘naltirilgan tadbirda Qurolli Kuchlarimizda amalga oshirilayotgan islohotlar tinch, osuda, to‘kin hayotimizni ta’minlashga xizmat qilayotgani alohida ta’kidlandi.

Zamonaviy texnika va qurol-aslahalar mamlakatimiz mustaqilligi, hududiy yaxlitligi, barqaror rivojlanishi va xalqimiz tinchligini ishonchli himoya qilishda muhim omil bo‘layotgani qayd etildi. Tadbirning ahamiyati va mohiyati haqida fikr almashildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tadbir davomida yoshlarning qiziqtirgan savollariga javob berildi.