MUHIM MAVZUDA YUZMA-YUZ MULOQOT O‘TKAZILDI.

Bugungi kunda mamlakatimizda ipakchilik sanoatini rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Yurtboshimizning sohaga bo‘lgan alohida e’tibori tufayli tarmoq qisqa davr ichida yetakchi ishlab chiqarish sohalaridan biriga aylandi.

Bugun O‘zbekiston agrosanoat majmuasi xodimlari kasaba uyushmasi respublika Kengashi vakili Erkin Boyniyozov hamda Surxondaryo viloyati kasaba uyushmasi rahbari Abdukarim Axmedov,  Qiziriq tuman hokimi Sherzod Rajabovlar tumandagi mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazishdi.

Yig‘ilishda ayollar daftarida turgan ayollarni pilla yetishtirish orqali ularning  bandligini ta’minlash borasida amalga oshiriladigan vazifalar kelishib olindi.