Jamoa shartnomalariga o‘zgartirishlar qabul qilindi
2024 yil 16 fevral kuni Uzun tumanidagi 49, 50- o‘rta ta’lim maktablarida 2023-2025 yillarga tuzilgan jamoa shartnomasi bandlarining 2023 yilda bajarilishiga bag‘ishlangan umumiy yig‘ilishlar bo‘lib o‘tdi. Maktab direktorlari, boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mita raislari hamda jamoa shartnomasini nazorat qiluvchi komissiyaning xisobotlari tinglandi. Jamoa shartnomasiga 2024 yil uchun qo‘shimcha va o‘zgartirishlar qabul qilindi.